OʻIYOK JOʻYATda (joizlik va oʻtqazishlarning yagona tizimi) da vallar va
tuynuklar uchun bir xil nominal oʻlchamlar intervalida bir kvalitetda bir xil
joizliklar, yaʼni bir xil aniqlik moʻljallangan. OʻIYOK JOʻYATda IT6 va undan
qoʻpollari uchun joizlik birligi koeffitsiyenti 1,6 maxraj bilan geometrik progressiya
boʻyicha oʻzgaradi, yaʼni bir kvalitetdan boshqasiga oʻtganda joizlik 60% ga
oshadi.
Maʼlumki, joizlik maydoni joizlik miqdori va nominal oʻlchamga nisbatan
joylashishi (nol chizigʻiga nisbatan toʻgʻri turtburchakni joylashishining grafik
holda koʻrsatilishi) bilan xarakterlanadi. Yuqorida joizlik miqdori qanday
aniqlanishini koʻrdik, endi esa nol chizigʻiga nisbatan joizlik maydonining
joylanishi qanday meʼyorlanishini aniqlashimiz kerak. OʻIYOK JOʻYATda joizlik maydonining nominal oʻlchamga nisbatan joylashishi asosiy chetlanishlar
miqdorini meʼyorlash bilan amalga oshiriladi.
Barcha uch xil oʻtqazishlar guruhi (tirqishli, tarangli, oʻtimli)da har xil
miqdordagi tirqishlar va tarangliklarni ikkala birikuvchi detallarning joizlik
maydonlari holatini oʻzgartirish hisobiga olish mumkin. Texnologik va
ekspluatatsiya jihatidan turli oʻtqazishlarni hosil qilish faqat val yoki tuynukning
joizlik maydoni holatini oʻzgartirish hisobiga hosil qilish qulaydir. Oʻtqazish
turining hosil boʻlishida oʻzining joizlik maydoni holatining rol oʻynamaydigan
detal tizimining asosiy detali hisoblanadi. Asosiy detal oʻrnida val ham tuynuk ham
boʻlishi mumkin. OʻIYOKning joizliklar va oʻtqazishlar tizimida asosiy detallar
boʻlib val yoki tuynuklar xizmat qilishi mumkin va ularning joizlik maydonida
asosiy chetlanishi nolga teng boʻladi. Shunday qilib, asosiy detal - bu joizlik
maydoni oʻtqazish hosil qilishda bazaviy hisoblanuvchi detaldir.
Asosiy tuynuk - quyi chetlanishi YEI=0 boʻlgan tuynukdir. Asosiy tuynukda
hamma vaqt yuqori chetlanish musbat boʻlib joizlikka teng boʻladi YES-0=TD.
Joizlik maydoni nol chizigʻidan yuqori joylashgan boʻlib, nominal oʻlchamni
oshirish tomoniga yoʻnalgan. Asosiy val - yuqori chetlanishi nolga teng boʻlgan
valdir es=o. Asosiy valda TD=0-(-ye i)=[ei] joizlik maydoni nol chizigʻidan pastda
boʻlib, nominal oʻlchamni kamaytirish tomoniga yoʻnalgan.
Ikki birikuvchi detallardan qaysi biri asosiy boʻlsa, shunga qarab ikki xil
oʻtqazishlar guruhi hosil boʻladi. Tuynuklar tizimi - bu shunday oʻtqazishlar
majmuiki, bunda bir aniqlik kvaliteti va bir nominal oʻlchamda tuynukdagi
chegaraviy chetga chiqishlar oʻzgarmas (bir xil) boʻlib, turli oʻtqazishlarni hosil
qilish valdagi chegaraviy chiqishlar oʻzgartirilishi hisobiga boʻladi (8a-rasm).
110
8-a rasm. Tuynuklar va vallar tizimida oʻtqazishlarning joylashishi:
a) - tuynuklar tizimi; b) - vallar tizimi.