QOʻYIMLAR (joizliklar) VA OʻTQAZISHLAR (DOPUSKI I POSADKI)




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/188
Sana30.11.2023
Hajmi8,15 Mb.
#108303
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   188
Bog'liq
Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

QOʻYIMLAR (joizliklar) VA OʻTQAZISHLAR (DOPUSKI I POSADKI) 
 
Joizliklar va oʻtqazishlar yagona tizimi (JOʻYAT) deb, detallar 
oʻlchamlari chekli ogʻishlari va standartlashtirilgan joizliklarning qonuniyat bilan 
qurilgan hamda standart chekli ogʻishlarga ega boʻlgan tuynuk va vallar bilan hosil
boʻlgan oʻtqazishlar majmuiga aytiladi. 
1976-yilda Oʻzaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (SEV-Sovet ekonomicheskoy 
vzaimopomoщi) aʼzolari boʻlgan davlatlar uchun joizliklar va oʻtqazishlarning 
yagona tizimini yaratish va standartlashtirishning xalqaro ISO (ISO - International 
Organization for standartization - tashkilot nomining inglizcha qisqartmasi)
tashkiloti tavsiyalari boʻyicha uni 1980-yilgacha bosqichma-bosqich joriy qilishni 
taʼminlash belgilandi. Yaratilgan joizliklar va oʻtqazishlarning yagona tizimi 
qisqartirilib JOʻYAT (YESDP- Yedinaya sistema dopuskov i posadok) deyiladi. 
Uning standartlari esa qisqacha ST SEV - ST OʻIYOK deb yoziladi. Joizliklar va 
oʻtqazishlar tizimi hamda OʻIYOK aʼzolariga yagona boʻlgan boshqa Oʻtqazishning
asosiy meʼyorlari, xalqaro masshtabda: 
• detallar, qismlar va mashinalarning oʻtqazish asoslarini
• texnik hujjatlarning yagona rasmiylashtirilishini; 
• asboblar, kalibrlar va boshqa texnologik jihozlar parkining yagonaligini 
taʼminlash uchun qulay sharoit yaratadi. 
Bularga binoan OʻIYOKning JOʻYATi quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi: 
• birgalikda bajarilayotgan loyiha-konctruktorlik isharining samaradorligi oshadi va 
loyihalashtirish muddati qisqaradi;
• asboblarning oʻlchamlari, texnologik jihozlar, detallar, qismlar, mashinalar va h.k. 
ishlab 
chiqishda 
xalqaro 
ixtisoslashtirish 
va 
kooperatsiyalashtirishning 
samaradorligini oshiradi; 
• boshqa davlatlarning hujjatlari asosida, masalan, litsenziya asosida ishlab 
chiqarishni tayyorlash muddatlari qisqaradi; 
• OʻIYOK aʼzolari - davlatlarida standartlash boʻyicha ishlarning samaradorligi 
oshadi, chunki navbatdagi standartlarni ishlab chiqish yagona baza asosida boradi; • 
xalqaro bozorda Vatanimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligi 
oshadi va litsenziyalarni sotish yengillashadi; 
• chetdan keltirilgan dastgohlarni joriy qilishga sarflanadigan xarajatlar kamayadi;
• tomonlar orasidagi ilmiy-texnik ayirboshlash (hujjatlarni qayta ishlashsiz 
ayirboshlash) samaradorligi oshadi.
Har xil materiallar va ishlov berish usullari uchun yagona joizliklar va 
oʻtkazishlar tizimini qoʻllash quyidagi imtiyozlarni beradi:
• bir tipli mahsulotlar va birikmalar uchun material va ishlov berish usulidan qatʼiy 
nazar konstruktorlik talablarining yagona mezonlarini qoʻllash;
• birikma detallarining har xil materiallar yoki turli usullar bilan tayyorlanganligi 
holatida ulardagi joizliklar va chekli ogʻishlarining qonuniy oʻzaro bogʻliqligi;
• turli materiallardan tayyorlangan buyumlarni ishlab chiqarishning turli usullari
aniqligini solishtirish;


105 
• joizliklar va oʻtqazishlar shartli belgilanishi va texnik hujjatlarni 
rasmiylashtirishning yagonaligi; 
• oʻlchamli texnologik uskunalarni unifikatsiyalash; 
• joizliklar va oʻtqazishlar tizimini oʻrganish va undan foydalanishning 
soddalashuvi. 
Har qanday joizliklar va oʻtqazishlar tizimi, u qanday nomlanishidan qatʼiy 
nazar, oʻz ichiga maʼlum masalalarni kiritishi kerak, yaʼni maʼlum prinsiplarga ega 
boʻlishi kerak. OʻIYOK JOʻYATda shunday prinsiplardan oltitasini ajratish
mumkin:
• oʻlchamlar diapazonlari va intervallari
• joizlik birligi;
• aniqliklar qatori (joizliklar qatori);
• tuynuk va vallarning joizlik maydonlari; 
• tuynuk va val tizimlarida oʻtqazishlar;
• normal harorat. 
OʻIYOK JOʻYAT GOST 25346-82 (ST OʻIYOK 145-75) “Umumiy 
holatlar, joizliklar va asosiy chetlanishlar qatori” va GOST 25347-82 (ST OʻIYOK 
144-75) “Joizliklar maydoni va tavsiyalangan oʻtqazishlar”. Bu standartlar 3150 
mm. gacha boʻlgan oʻlchamlarga tegishlidir. Aynan shunday GOST 25348-82 (ST 
OʻIYOK 177-75) 3150...10000 mm. gacha boʻlgan oʻlchamlarni qamraydi. Shu 
standartlar asosida “Oʻzbekistonning RST Oʻz 635-95 ”Oʻtqazishlar atamalari 
asosiy meʼyorlari. JOʻYAT. Asosiy atamalar va aniqlashlar“ yaratildi. OʻIYOK 145-
75 standarti ”OʻIYOK joizlik va oʻtqazishlarning yagona tizimi" (JOʻYAT) da 
quyidagi asosiy qoidalar belgilangan. 
Silliq birikmalar uchun detallarga ishlov berish joizliklari turli standartlarda
koʻrsatilgan boʻlib, ISO joizliklar tizimida 500 mm. gacha boʻlgan nominal 
oʻlchamlar diapazoni 13 intervalga boʻlinadi (3 gacha, 3 dan 6 gacha, 6 dan 10 mm. 
gacha) 500 dan 3150 mm. gacha boʻlgan diapazon esa 8 asosiy va 16 oraliq 
intervallarga boʻlinadi. ISO va OʻIYOK tizimlarida 180 mm. gacha boʻlgan 
oʻlchamlar intervallari bir xildir. Farq shundaki ISO tizimida 1 mm. dan kichik 
boʻlgan oʻlchamlar birinchi interval oraligʻida hisoblanadi. OʻIYOK JOʻYATda esa 
quyidagi intervallar belgilangan: 0,1 gacha, 0,1 dan 0,3 gacha, 0,3 dan 1 mm. gacha, 
1 dan 3 gacha; 180 mm. dan 500 mm. gacha oʻlchamlar uchun 10 va OʻIYOK 
JOʻYATda 4 interval belgilangan: 180-250; 250-315; 315-400; 400-500 mm, 3150 
mm. dan 10000 mm oʻlchamlar uchun OʻIYOK 177-75 standarti belgilangan.
Joizlikning kattaligi ishlash aniqligini toʻla xarakterlaydi. Aniqlik birligi sifatida 
joizlik birligi belgilangan boʻlib, bu birlik yordamida aniqlikning diametrga 
bogʻliqligini ifodalash mumkin. OʻIYOK JOʻYATda 500 mm. gacha oʻlchamlar
uchun, joizlik birligi quyidagicha aniqlanadi: 
500 dan 10000 mm.gacha oʻlchamlar uchun: 
Bu yerda: D - nominal oʻlchamlar intervalining oʻrtacha geometrigi;


106 
0,001 D
y
- ishlov berishdagi xatolikni hisobga oladi;
2,1 - oʻlchashdagi va harorat taʼsiridagi xatoliklarni hisobga oladi. 
Bir xil nominal oʻlchamga ega boʻlgan detallarga ulardan foydalanish 
sohasiga qarab har xil aniqlik talabi qoʻyilishi mumkin. Shuning uchun bu holat har 
bir nominal oʻlcham (aniqrogʻi, nominal oʻlchamlar intervali) uchun har xil 
joizliklarni meʼyorlashni taqozo etadi. Aniqrok, aytadigan boʻlsak, hamma nominal 
oʻlchamlar (nominal oʻlchamlar intervallari) uchun joizliklarning bir nechta 
qiymatlarini berish kerak. Shuning uchun har bir tizimda shunday joizliklar qatori 
tashkil etiladi. OʻIYOKning JOʻYAT tizimida ular kvalitetlar, ilgarigi OST 
tizimida esa aniqlik klasslari deyilgan. Bu atamalar sinonimlardir.  
Asosiy chetlanish sifatida nol chizigʻiga yaqin boʻlgan chetlanish 
meʼyorlashtirilgan (7-rasm). 

Download 8,15 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   188




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



QOʻYIMLAR (joizliklar) VA OʻTQAZISHLAR (DOPUSKI I POSADKI)

Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish