107
Bu yerda: ITD va ITd - tuynuk va val joizliklari.
Barcha holatlarda asosiy chetlanishlardan nominal oʻlchamga eng yaqin
boʻlgan
chetlanishlar,
yaʼni
eng
minimal
chetlanishlar
koʻrsatiladi.
Chetlanishlarning ichida ikki harfdan iboratlari (Js, ZA, ZB, ZC, FG, EF, SD) ham
bor. Bu chetlanishlar har xil yillarda tizimni qayta ishlash natijasida kiritilgan. Bu
shuni koʻrsatib turibdiki, har qanday joizliklar va oʻtqazishlar tizimi ishlab chiqarish
faoliyatining turli tomonlariga kuchli taʼsir etadi. Uni butunlay tubdan qayta
ishlashga intilinmaydi, agar kerak boʻlsa qoʻshimchalar
kiritiladi, ammo buning
natijasida tizimning bir tekisligi qandaydir oʻlchovda buziladi. Shuni alohida
taʼkidlash kerakki, 7-rasmda asosiy chetlanishlarning toʻla toʻplami koʻrsatilib, u
tizimning potensial imkoniyatini tavsiflaydi. Ammo joizlik maydonlarini
meʼyorlashtirishda asosiy chetlanishlarning hammasi qoʻllanilmaydi, amaliyotda
esa undan ham kam asosiy chetlanishlar qoʻllaniladi.
• N va h chetlanishlarga alohida toʻxtash kerak,
chunki ularning asosiy
chetlanishlari nolga teng. Bu chetlanishlar asosiy tuynuk va asosiy valga tegishli
boʻlib, eng koʻp qoʻllaniladi.
• Vallarning a dan h gacha va tuynuklarning A dan N gacha asosiy
chetlanishlari tirqishli oʻtqazishlari mos ravishda tuynuklar tizimi va vallar tizimida
joizliklar maydonlarini hosil qilishda ishlatiladi.
•
Oʻtimli oʻtqazishlarda (
perexodnaya posadka) hammadan koʻp js dan n gacha,
vallarda Js dan N gacha, tuynuklarda asosiy chetlanishlar qoʻllaniladi (js va Js
harflarda haqiqatdan asosiy chetlanish koʻrsatilmaydi, balki bu harflardan
qoʻllanilganda joizlik maydoni nol chizigʻiga
nisbatan simmetrik joylashadi, ularda
yuqori va quyi chetlanishlarning qiymatlari bir xil boʻlib, miqdoriga koʻra tegishli
kvalitet joizligining yarmiga teng, ammo qarama-qarshi belgi, yaʼni ±
chetlanishlarga ega boʻladi).
• Js va js harflari qoʻllanilgan joizlik maydonlari uchun aytish mumkinki, ularda
oʻrtacha chetlanish (asosiy emas) nolga teng. j va J asosiy chetlanishlar koʻp jihatdan
is va Is ga aynandir, farqi shundaki, bunday harfli joizlik maydonlari qatʼiy
simmetrik joylashishga ega boʻlmaydi.
• Vallarning r dan zc va tuynuklarning R dan ZC gacha asosiy chetlanishlari
“asosan” tarang oʻtqazishlar hosil qilishda ishlatiladi (“Asosan”
deb maxsus
aytilishining maʼnosi shundaki, ular hamma vaqt ham qatʼiy taranglik oʻtqazish
emas, balki oʻtimli oʻtqazishlarni ham hosil qilishda ishlatiladi).
7-rasmda koʻrsatilgandek, asosiy chetlanishlar hamma oʻlchamlar uchun
doimiy qiymatga ega boʻlmaydi. Asosiy chetlanishning qiymati nominal oʻlchamlar
intervaliga bogʻliq ravishda turlicha meʼyorlashtiriladi.
OʻIYOK JOʻYAT ning
muhim xususiyati shundaki, tuynukning asosiy chetlanishlari odatda, bir xil nominal
oʻlchamlar intervalida valning xuddi shunday harf bilan belgilangan asosiy
chetlanishining teskari ifodali qiymatiga tengdir.
OʻIYOK JOʻYATda joizlik
maydoni asosiy chetlanish bilan kvalitetni barcha koʻrinishdan (birikmasidan) hosil
108
boʻladi. Bu birikmada asosiy chetlanish nol chizigʻiga nisbatan joizlik maydonining
joylashishini tavsiflasa, kvalitet esa - joizlik miqdorini tavsiflaydi.
Joizlik
maydonining shartli belgisi asosiy chetlanish va kvalitet nomeridan tashkil topadi.
Masalan, h7, d8, js6 vallar va N7, D8, Is6 tuynuklar uchun. Agar nominal oʻlcham
qoʻshilsa unda belgilashlar quyidagicha boʻladi: 40N7, 40N12, 20gb, 30N7 va
hokazo demak,
OʻIYOK JOʻYATda faqat bir chetlanish (asosiysi)
meʼyorlashtirilib, boshqasi shu chetlanishga joizlik miqdorini qoʻshish bilan
topiladi.
OʻIYOK JOʻYATdagi jadvallarda joizliklarning qiymatlari kvalitetlarga
va ulchamlar intervallariga bogʻliq ravishda berilgan. GOST 25347-82 da
amaliyotda qoʻllash uchun har bir intervalga yuqori va quyi chetlanishlarning
qiymatlari oʻrnatilgan. Shuni taʼkidlash lozimki,
OʻIYOK JOʻYATda xuddi
xalqaro ISO tizimdagi singari asosiy chetlanishlar (harflar) bilan kvalitetlarning
(raqamlar) har qanday birikmasini olish mumkin, ammo bu nazariy holat hisoblanadi
va 28 asosiy chetlanish bilan 19 kvalitet birikmasidan vallar uchun 517 joizlik
maydoni va tuynuklar uchun 516 (hamma intervallar
uchun asosiy chetlanishlar
oʻrnatilmaydi) hosil qilish mumkin. Bunday ulkan toʻplamni qoʻllash iqgisodiy
jihatdan maqsadga muvofiq emas, qolaversa texnik jihatdan ularga ehgiyoj ham
yoʻq. Shuning uchun GOST 25347-82 da 72 joizlik maydonlari tuynuklar uchun va
80 joizlik maydonlari esa vallar uchun ajratilgan. Bu toʻplamlar asosiy toʻplam
deyiladi
va buni asosan,
OʻIYOK JOʻYAT yaratilguncha
OʻIYOK aʼzo
davlatlarning milliy standartlarida qoʻllanilganlari kiritilgan. Ushbu asosiy
toʻplamdan tashqari GOST 25347-82 ilovasidagi qoʻshimcha toʻplamda vallar
uchun 34 joizlik maydoni va 32 joizlik maydoni tuynuklar uchun keltirilgan. Amalda
joizliklar maydonlaridan juda kichik toʻplamini qoʻllash bilan cheklaniladi, baʼzilari
juda kam qoʻllaniladi. Shuning uchun GOST 25347-82 ga yana cheklangan
tavsiyalar kiritilgan va u
imtiyozli joizlik maydonlari deyiladi. Bu toʻplamda (2-
jadval) tuynuklar uchun 10 joizlik maydoni va vallar uchun 16 joizliklar maydoni
(eʼtibor bering, vallarni texnik jihatdan olish qulayligi uchun tuynuklarga qaraganda
bir xil aniqlik uchun koʻp maydon berilgan, oʻtqazishlarni
esa ularning turli
birikmasidan hosil qilish mumkin) ajratilgan.
Kvalitet (aniqlik klassi) - bu barcha nominal oʻlchamlar uchun toʻgʻpi
keluvchi bir xil aniqlik darajasidagi joizliklar yigʻindisidir.
OʻIYOK JOʻYATda
109
19 kvalitet moʻljallangan boʻlib, ular tartib raqamiga ega. Tartib raqami oshishi bilan
joizlik qiymati ham oshadi 01, 0, 1, 2, 3 ... , 17. Qisqartirilgan holda kvalitet
IT bilan
belgilanadi (Internachional Tolerans - xalqaro joizlik) va yoniga kvalitetning tartib
raqami qoʻyiladi. Masalan, IT8 8 kvalitet boʻyicha joizlik ekanligini bildiradi.