116
chiqishiga, butunlay buzilishiga olib keladi. Detallarning ishlash muddatini oshirish
maqsadida oʻzaro ishqalanuvchi yuzalar orasiga chang, namlik, har xil zarrachalar
tushishidan saqlanish zarur, chunki, zanglash yeyilish darajasini tezlashtiradi.
Rasm. Avtomashina detallari yeyilishining yurib oʻtish masofasiga bogʻliqlik
grafigi.
Ishqalanib yeyilish
natijasida podshipniklardagi, yoʻnaltirgichlardagi, tishli
ilashmalardagi, porshenli dvigatellardagi
tirqishlar kattalashadi, buning natijasida
mashinaning quvvati, FIK,
ishonchliligi, aniqligi kamayadi. Meʼyordan ortiq
yeyilgan mashina detallari taʼmirlanadi
yoki yaroqsizga chiqarilib, yangisiga
almashtiriladi. Texnikaning hozirgi zamon darajasida mashinalarning 85-90%
yeyilish sababli ishdan chiqadi qolgan 10-15% boshqa sabablarga koʻra ishdan
chiqadi.