• Funksionallik
  • Ishonchlilikning asosiy mezonlari
  • Statik mustahkamlik sharti: σ ˂ σ v
  • Mashina detallarining ishlash qobiliyatini belgilovchi mezonlar




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Mashina detallarining ishlash qobiliyatini belgilovchi mezonlar. 
    Ushbu 
    mezonlarga 
    mustahkamlik, 
    bikrlik, 
    yeyilishga 
    chidamlilik
    issiqbardoshlik va titrashga chidamlilik kiradi. Mustahkamlik - detalning qoʻyilgan 


    114 
    yuklanishga bardosh berib, ish jarayonida sinmay va benuqson ishlay olish
    xususiyati.
    Funksionallik – detalni moʻljallangan vazifasiga mosligi. Funksionallikning
    mezonlari: aniqlik, material sarfi, oʻlchamlari. 
    Ishonchlilik – detalni yoki buyumni maʼlum vaqt ichida ishga yaroqliligini 
    saqlab qolish qobiliyati, yoki belgilangan vaqt ichida tayinlangan funksiyasini
    bajarish qobiliyatini saqlab qolishi. Ishonchlilik mustahkamlik ishonchliligi va 
    tribotexnik (yeyilishga qarshi) ishonchlilikka boʻlinadi.
    Ishonchlilikning asosiy mezonlari: mustahkamlik, bikrlik, yeyilishga 
    chidamlilik, korroziyaga chidamlilik, issiqqa chidamlilik, titrashga chidamlilik. 
    Statik mustahkamlik va toliqishga qarshilik koʻrsatish xususiyatlarini yoʻqolishi
    detallarning sinishiga olib keladi. 
    Statik mustahkamlik sharti: 
    σ ˂ σ
    v
     , 
    bu yerda: 
    σ
    - detaldagi kuchlanishlar; 
    σ
    v
    -detal materialining mustahkamlik 
    chegarasi. 
    Ish jarayonida detalga taʼsir qilayotgan yuklamaning qiymati va yoʻnalishi oʻzgarib 
    tursa, vaqt oʻtishi bilan toliqishga qarshilik koʻrsatish xususiyati yoʻqolib, detal 
    sinishga yetib keladi. Kuchlanish sikllari soni biror qiymatga yetganidan soʻng, 
    detalning ayrim joylarida toʻplangan kuchlanish taʼsirida mayda yoriqchalar paydo 
    boʻladi. Detallarning kuchlanishlar toʻplanishlari uning sirtlarining oʻzgarishiga olib 
    keladigan omillardir, masalan, val va oʻqdagi ariqchalar va galtellar, shponka uchun 
    moʻljallangan ariqchalar. Undan tashqari, mikroyoriqlar detallarning kontakt 
    yuklamalar taʼsir etayotgan silliq sirtlarida sodir boʻlishi mumkin (Shesternya 
    tishlarining sirtlari, dumalash podshipniklari halqalarining ishchi sirtlarida). Bu 
    hollarda kuchlanishlar toʻplanishlari materialning nuqsoni hisoblanadi va ular 
    kavaklar yoki sirtlarga mexanik ishlov berish natijasida hosil boʻladigan 
    chiziqchalardir.

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashina detallarining ishlash qobiliyatini belgilovchi mezonlar

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish