117
boʻla oladi, alyuminiydan tayyorlangan korpusni va uni qoplovchi detallar ajralmas
birikmalar yordamida bajarilib, payvand usulida emas, balki, parchin mix birikmasi
ishlatiladi.
Tebranish vaqtida hosil boʻlgan mayda yoriqchalar
payvand alyuminiyli
chokda tez rivojlanib, butun chok uzunligi boʻyicha tarqalishi mumkin, Parchin
mixli
birikma ishonchli ishlaydi, chunki chokda hosil boʻlgan mayda yoriqchalar
faqat parchin mix atrofidagi chokda boʻladi, yaʼni chokning butun uzunligiga taʼsir
qilmaydi, natijada konstruksiyaning ishlash qobiliyati saqlab qolinadi.
Mashinaning ishlash jarayonida titrashi natijasida detallarda qoʻshimcha
dinamik kuchlar hosil boʻladi bu esa ularning toliqishiga sabab boʻladi va ishdan
chiqishini tezlashtiradi. Masalan, metall kesadigan stanoklar ish jarayonida titrasa,
qayta ishlanayotgan detallarning oʻlchamlari aniq chiqmaydi. Detallarning titrashga
chidamliligini taʼminlash uchun rezonans hodisasini keltirib chiqaradigan sabablarni
yoʻqotish kerak.
Maʼlumki, rezonans hodisasi detalning oʻzida hosil boʻladigan xususiy
tebranish chastotasi bilan tashqi kuch taʼsirida boʻladigan tebranish chastotasi bir xil
boʻlib qolganda roʻy beradi. Shuning uchun ushbu ikki chastotani hisoblab, bir-
biriga teng boʻlib qolmasligini taʼminlash kerak. Mashinalarda
titrash hodisasini
kamaytirish uchun titrashni soʻndirgichlardan, yaʼni maxsus elastik elementlardan
foydalanish tavsiya etiladi.
Mashinalarning ishonchli ishlashi ularni toʻxtab qolmay, ishlash darajasiga
qarab belgilanadi. Mashina va mexanizmlarning ishonchli ishlashini taʼminlashni
quyidagi bosqichlarga boʻlish mumkin: loyihalash, mashina va mexanizmlar
detallarini tayyorlash, yigʻish hamda shu mashina va mexanizmlarni ishlatish davri.
Loyihalash davrida mashinalarning ishonchli ishlashiga asos solinadi. Konstruktor
chizmalarda, hisoblashlarda, texnik hujjatlarda shu mashina ishonchli ishlashi uchun
zarur barcha shartlarni koʻrsatgan boʻlishi kerak. Mashina va mexanizm detallarini
tayyorlash jarayonida ularning ishonchli
ishlashi uchun konstruktor
tomonidan
qoʻyilgan barcha shartlar bajarilishi kerak. Mashinalarning ishonchli ishlashi, undan
foydalanish jarayonida toʻxtab qolmay ishlash darajasiga qarab belgilanadi.
Masalan, dvigatelni ishga tushirish uchun 100-marta harakat qilinganda, 99-
martasiga ishlab ketsa, bu mashinaning ishonchlilik koeffitsiyenti 0,99 boʻladi, yaʼni
P(t)=99/100=0,99 Ishonchlilik koeffitsiyentining qiymati, detal qancha vaqt
davomida tekshirilganiga hamda shu detalning yangi yoki eskiligiga bogʻliq. Eski
detallarda P(t) ning qiymati kam boʻladi. Mashinalarning ishonchlilik koeffitsiyenti
undagi har bir detalning ishonchlilik koeffitsiyenti qiymatlarining koʻpaytmasiga
teng, yaʼni: P(t)=P1(t)*P2(t), Pn(t) Demak, bu formuladan:
1. Mashinaning
ishonchlilik koeffitsiyenti, uning eng kam ishonchlilik
koeffitsiyentiga ega boʻlgan detalining qiymatidan ham kam boʻladi.
2. Mashinada detallar qancha koʻp boʻlsa uning ishonchlilik koeffitsiyentini
qiymati ham shuncha kam boʻladi.
Masalan, mashinada 100ta element boʻlib, barcha detallarning ishonchlilik
koeffitsiyentining qiymati P(t)=0,99 boʻlsa, butun mashinaning ishonchlilik
koeffitsiyenti
P(t)=0,99