113
jarayonida qizib ketsa, bu hollarda mashina ishlash qobiliyatini yoʻqotgan deb,
hisoblanadi.
Uzoq muddat ishlash qobiliyati belgilangan
vaqt ichida mashina va
mexanizmlar ishlash qobiliyatini yoʻqotmasligi, texnik imkoniyati (resursi) yetarli
darajada boʻlishi. Shu vaqt ichida qismlarga texnik xizmat koʻrsatish yoki joriy
taʼmirlash ishlari olib boriladi.
Ishonchlilik - texnik vositalarining buzilmasdan ishlash qobiliyati. Buzilish
(otkaz) - ishlash qobiliyatini yoʻqotish. Mashina maʼlum vaqt davomida oʻz
mustahkamligini toʻla saqlashi kerak.
Xavfsizlik - mashinadan foydalanish inson uchun xavf tugʻdirmaydigan
boʻlishi kerak.
Uzilish (sboy) - buzilishni yengil koʻrinishi. Maʼsuliyat yuqori boʻlgan
hollarda mashinaning ishlash qobiliyatini yaxshilash maksadida uni ehtiyot qilib
ishlatiladi. Bu usul, asosan, elektrik, gidravlik tizimlarga tegishli boʻlib,
ayrim
hollarda mexanik tizimlarni zahiralash ham qoʻllaniladi.
Taʼmirlashga yaroqlilik - texnik vositalar yordamida buzilishlarni aniqlash
va tuzatish, yaʼni mashinaning tuzilishi uni qismlarga ajratish va yigʻishga uchun
oddiy boʻlishi kerak.
Texnologik qulaylik - mashina qismlarining ishlab chiqarish va
foydalanishga qoʻyilgan talablarga mosligi. Tayyorlanishi texnologik nuqtayi
nazardan
qulay va tejamli, yaʼni mustahkamligini saqlagan xolda oʻlchamlari
kichik, imkoni boricha yengil boʻlishi va arzon boʻlishi lozim.
Texnologik qulaylikda – detal yoki buyumning shakli va materiali uni tayyorlash
uchun ishchining mehnatini, kuchini, vaqtini va resurslarni eng kam sarflanishini
taʼminlashi lozim.
Tejamlilik ishlab chiqarish,
foydalanish, ishlatish va materialning tannarxi
bilan belgilanadi. Sharoit qanday boʻlishidan qatʼiy nazar bu tannarx minimal
qiymatga ega boʻlishi kerak, yaʼni, agar ikkita bir xil tavsifga ega boʻlgan
mashinaning ishlash qobiliyati,
ishonchliligi, taʼmirlashga yaroqliligi teng boʻlsa,
bularning ichidan, arzon materialdan tayyorlangani, ishlab chiqarilishi va
foydalanishi oddiy boʻlgan mashina yaxshi deb hisoblanadi.
Texnik vositalarni yaratuvchi konstruktor mashinani loyihalashda yuqoridagi
barcha talablarni xisobga olmogʻi zarur.
Tejamlilik – mashina, buyum
yoki detalning konstruksiyasi, shakli va
materiali ularni tayyorlash, ishlatish, xizmat koʻrsatish va utillash qiymatining eng
arzon boʻlishini taʼminlashi lozim.