122
va boshqa usullar yordamida aniq olingan zagatovkalar uchun ham yagona ishlov
berish usuli sifatida qoʻllanishi mumkin.
Toza ishlov berish shuningdek yupqa yoki pardozlash
ishlov berishlaridan
oldingi oraliq ishlov berish usuli sifatida ham qoʻllaniladi.
Yupqa ishlov berishda yuzaning aniqlik va sifat koʻrsatkichlari
yuqori
darajada shakllangan boʻladi. Juda kichik qoʻshim (pripusk) va uzatishlar evaziga
geometrik parametrlarni yuqori aniqlikda olinishiga erishiladi. Poʻlatdan
tayyorlangan detalga ishlov berish aniqligi gʻadir-budirlik boʻyicha Ra 0,63-2,5
mkm boʻladi.
Pardozlov ishlov berish (finish) asosan yuza gʻadir-budirligini
talab
darajasiga keltirish uchun qoʻllaniladi. Oʻlcham aniqliklariga bu ishlov berish
deyarli taʼsir etmaydi. Odatda oldingi ishlov berish qoʻyimi oraligʻida bajariladi.
Har xil usul va materiallardan foydalanib pardozlash ishini bajarishda yuza gʻadir-
budirligi Ra=0,16-0,63 mkmga yetkazilishi mumkin.
Mexanik ishlov berishning toza ishlov berish va undan
keyingi bosqichlarda
qoʻllaniladigan usullarini oʻrganish eʼtiborga loyiq, chunki bu bosqichlarda
qoʻllaniladigan usul, uning bajarilishi tartibi detal sifatining
shakllanishida hal
qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Oʻtkir asbob yordamida ishlov berish odatda material nisbatan yumshoq
(qattiqligi NRS45 gacha boʻlganida qoʻllaniladi, qattiq material boʻlganida HRC 45
dan katta) abraziv (tirnash) asboblar yordamida detallarga qirqib ishlov beriladi.