125
doiralarda qirquvchi donalar doiraning tashqi yuzasida 1,5-2,5 mm qalinlikda
qoplangan boʻladi. Metall asoslilari
dastlabki ishlov berishda, organik asoslilari
yupqa silliqlashda qoʻllaniladi.
Yupqa silliqlashda juda yupqa metall qoplama (0,005 mkm) olinadi. Qirqish
tezligi 30-40 m/s mahsulot harakat tezligi 20m/min. Dastlabki aniqlik 6-8kv boʻlsa,
ishlov berish aniqligi 5-6 kvalitet boʻladi.
Yupqa silliqlash yuza shaklni toʻgʻirlashda ham sezilarli rolni oʻynaydi.
Doiralarni toʻgʻrilash olmos donalari yordamida, olmos qatlam, olmos rolik,
olmos plastinka yordamida amalga oshiriladi.
Xoninglash tuynuk yuzasiga yuqori aniqlikda ishlov berishni taʼminlaydi,
lekin yuzaning boshqa yuzalarga nisbatan joylashuvi xatoligini yoʻqotmaydi. Bu
jarayon maxsus qirqish asbobi (xon) yordamida amalga oshiriladi. Xon har tomonga
tekis harakatlanuvchi bruslar yordamida detal yuzasiga ishlov beradi. Xonning oʻz
oʻqi atrofida va u boʻylab harakatlanishi, ishlov berilgan yuzada qirqish asbobining
donachalarining toʻrsimon izi hosil boʻlishiga olib keladi. Bu xol detal ishlaganida
moyning yuzada yaxshi ushlanib turishiga imkoniyat yaratadi. Bu usulda avtomobil
va
traktor silindrlari, silindr bloklaridagi ichqoʻyma (vkladish) osti tuynuklariga
ishlov beriladi. Ishlov berish qoʻshimi (pripuski) oldingi ishlov berish turiga qarab
0,08-0,005mm boʻladi (diametrga). Ishlov berish aniqligi 4-6 kvalitet, Ra 0,16-0,04
mm boʻladi.
Rasm. Silindrning ichki yuzasini xoninglash operatsiyasi.