136
Elektr-yoy metallizatsiyalash usulini silindrik va yassi, cho`yandan, uglerodli
va legirlangan po`latdan, rangli metalldan tayyorlangan detallar uchun qo’llash
mumkin. Sirpanish ishqalanishida ishlaydigan va qo`zg`almas posadkali detallarni
qayta
tiklashda, darz hamda boshqa nuqsonlarni yo`qotishda qo`llaniladi.
Metallizatsiyalashdan oldin detal yuzasi tozalanadi va yuzasida metall
zarachalari yaxshi qo`nishi uchun kichik g`adir-budurlik paydo qilinadi.
Diametri Ø 1-3
mm bo`lgan metall sim metallizatsiya
apparatiga beriladi
(2.4.2-rasm) va elektrometallizator (
ЭM-12 va
ЭM-15- statsionar,
ЭM-14 - dastagi)
elektr yoyi bilan eritiladi. Metallning 15-20
mkm o`lchamli zarrachalari qisilgan
havo ta`sirida 140-300
m/s tezlik
bilan metallizatordan chiqib, detall yuzasiga
sochiladi, detal yuzasi bilan hamda o`zaro mustahkam birikib, tutash qatlam hosil
qiladi.
2.4.2-rasm.