• 21.8-rasm. Tekis yuzaga anod-mexanik usulda ishlov berish sxemasi.
  • Detalga elektr uchqunli ishlov berish dastgohining sxemasi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet113/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Detalga elektr uchqunli ishlov berish dastgohining sxemasi: 
    1-elektrod-asbob; 2-vanna; 3-xomashyo-elektrod; 4-dielektrik suyuqlik; 5-
    izolyator. 
    Detalga elektr uchqunli ishlov berish metallning tashqi qatlamini zichlash 
    uchun qo‘llaniladi.buyum tashqi yuzasiga yupqa metal qatlami yoki kompozit 
    material qatlami yopishtiriladi. Ushbu qatlam metal yuzasining yeilishga va olovga 
    bardoshliligini oshiradi. 
    Elektr uchqunli ishlov berishda elektrodlar orasida impuls uchqun 
    razryadlardan foydalaniladi (ishlov berilayotgan xomashyo (detal) – anod,asbob – 
    katod bo‘ladi. C kondensator R rezistor orqali 100…200 volt kuchlanishli o‘zgarmas 
    tok manbaidan zaryadlanadi. 1 va 3-elektrodlardagi kuchlanish teshib otadigan 
    darajaga etganida, kondensatordagi uchqun zaryadi o‘tishi uchun kanal ochiladi. 
    Zaryad impulsining davomiyligi 20…200 mksga teng bo‘ladi. Ishlov berish aniqligi 
    0,002 mmgacha, Ra = 0,63…0,16 mmga teng bo‘ladi. Jarayonning beto‘xtovligini 
    ta’minlash uchun dastgoh kuzatish va asbobni avtomatik uzatish tizimlari bilan 
    jihozlanadi. 
    Anodli-mexanik ishlov berish elektroerozion va elektr kimyoviy usullar 
    o’rtasida oraliq o’rinni egallaydi. Ushbu usulda xomashyo anodga, asbob - katodga 
    ulanadi. Asbob sifatida metal disklar, silindrlar, lentalar va similar ishlstiladi. Ishlov 
    berishni elektrolit muhitida (suyuq natriyli shishaning suvdagi eritmasida) olib 
    boriladi. Ishchi harakatlar xuddi mexanik ishlov berishdagi kabi amalga oshiriladi. 
    Ishlov berish zonasiga elektrolit soplo orqali uzatiladi (21.8-rasmga qarang). 


    135 
    21.8-rasm. Tekis yuzaga anod-mexanik usulda ishlov berish sxemasi. 
    Elektrolit orqali o’zgarmas elektr toki o’tkazilganida anodda erish jarayoni 
    yuz beradi. Asbob xomashyoning mikronotekisliklariga tekkanida elektroeroziya 
    hodisasi sodir bo’ladi. Asbob bilan tutashgan joydagi xomashyo metalli qiziydi va 
    suyuqlanib, yumshaydi. Elektroeroziya va anodda erish mahsulotlari asbob va 
    xomashyoning nisbiy harakatlarida chiqarib tashlanadi. Ushbu usul bilan o’ta 
    mustahkam va qiyin ishlov beriladigan qotishmalarga ishlov beriladi. Ushbu usul 
    bilan xomashyolar qismlarga qirqiladi, pazlar va tirqishlar kesiladi, tekis va aylanish 
    yuzalar jilvirlanadi, qirquvchi asboblar o’tkirlanadi. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Detalga elektr uchqunli ishlov berish dastgohining sxemasi

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish