131
ostida qizdiriladi va detal sovitiladi. Chiniqtirishda detal ma`lum tezlikda qizdiriladi
va suv,
havo muhitida yoki kislota, ishqor, tuzlarning suvli eritmalarida mahlum
tezlik bilan sovitiladi. Sovitish tezligini o`zgartirib detal sirt qismining xossasini
o`zgartirish mumkin. Chiniqtirish atsitelen-kislorodli alanga, yuqori chastotali tok
yordamida bajariladi.
Lekin bu usullar orasida lazer qurilmalar bilan
ishlov berish katta samara
beradi.
Lazer termik ishlov berishda detalning termik deformatsiyaga uchrash holati
bo`lmaydi. Shuning uchun ham bu usul yordamida murakkab shaklga ega bo`lgan
detallarga ham ishlov berish mumkin. Bunda detal yuzasi harakatlanayotgan lazer
nuri bilan qisqa vaqtda isitiladi. Bu usul bilan barcha markadagi po`lat, cho`yan va
boshqa materiallardan tayyorlangan detallarni
ЛГН-702, ЛТ1-2, "Иглан" va boshqa
rusumli lazer qurilmalarida mustahkamlash mumkin. Lazer nuri bilan
mustahkamlangan cho`yan detallar yeyilishga turg`unligi 8-10 marotaba, po`lat
detallarniki –3-5 marotaba oshadi (2.4.2-jadval ).