• Super finishda
  • Mikrofinishlashning
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet107/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Ishqalash (pritirka) -5 kvalitet va undan ortiq aniqlikda ishlov berishda
    qoʻllaniladi. Silindr yuzalariga ishlov berishda diametr aniqligi 1 mkmgacha, tugal-
    parallel plitkalarda 0,05 mkm boʻladi. Gʻadir-budirlik Ra 0,1 boʻlishi mumkin. 
    Ishqalash erkin abraziv zarrachalarning bogʻlovchi suyuqliklar bilan 
    aralashmasida (pasta yoki boshqa koʻrinishda yuzaga taʼsir etadi). Pritir yordamida 
    bajariladigan bu operatsiyada juda kam miqdorda oʻlcham oʻzgaradi. Shuning uchun 
    bu usulda ishlov beriladigan yuza dastlab 6-kvalitetda Ra-1,25-0,32 darajada ishlov 
    berilgan boʻlishi kerak. Bu usulda har xil shaklga ega boʻlgan yuzalarga ishlov 
    berish mumkin. Olinadigan qoplamasiga bogʻliq holda pritirka 1,2 yoki 3 
    operatsiyada bajariladi. Dastlab diametrga 0,02-0,005 mm olinsa, oxirida 0,005 mm 
    dan kam olinadi. 
    Operatsiya ishlab chiqarish turiga qarab, qoʻlda va dastgohda bajarilishi 
    mumkin. 
    Bu jarayon qattiq abraziv donalar yordamida tirnab ishlov berish, nisbatan 
    yumshoq abraziv donachalar yordamida tirnamasdan ishlov berish va kimyoviy 


    126 
    aktiv pastalar bilan ishlov berish (pasta GOI) turlariga boʻlinadi. Bogʻlovchi 
    suyuqlik sifatida mineral yogʻ, kerosin va hokazolar qoʻllaniladi. 
    Super finishda ham abraziv brusoklar qoʻllaniladi. Qirqish asbobi ishlov 
    berilayotgan yuzaga 0,05-0,3 MPa (0,5-30 kt/sm2/ bosimda bosiladi. 
    Ishlov berish dastlabki ishlov berish qoʻyimi chegarasida amalga oshiriladi. 
    Ra=0,2-0,025 
    mkm. 
    (tayanch 
    yuza 
    12 
    -20dan 
    80-90%ga) 
    oshadi,
    deformatsiyalangan metall qalinligi 2-3 mkm boʻladi. Superfinish shlifovkadan, 
    yupqa yoʻnishdan va boshqa ishlovlardan keyin beriladi. 
    Rasm. Superfinish operatsiyasi. 
    Mikrofinishlashning superfinishdan farqi shundaki, yuzaga ishlov berish 
    pretsizion boʻlib, detalning oʻlchovini ham talab darajasidagi aniqlikka olib chiqadi. 
    Bu asosan ishlov berishda brusoklarning yuzaga yuqori bosimda taʼsir qilishi
    hisobiga erishiladi. 
    Polirovka-detal yuzasini silliqlashda qoʻllaniladi. Erkin abraziv zarrachalar 
    ishlov beriluvchi yuzaga yuborilib, junli qalin matodan tayyorlangan doira, fetr, 
    qayish va boshqa materiallar bilan yuzaga bosiladi. (Ra=0,32-0,012 mkm). 
    Plastik deformatsiyalab ishlov berilganda detal yuzasidan material olib 
    tashlanmaydi. Asosiy turlariga kalibrlash, ustidan, ichidan yurish, olmosli silliqlash, 
    yuzani urib mustahkamlashlar kiradi. Kolibrovkada dorn va shariklar (tortqi) 
    protyajka yordamida ichki yuzalarga ishlov beriladi. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish