|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Pdf ko'rish
|
bet | 116/188 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 8,15 Mb. | | #108303 |
Bog'liq Mash texdan maruzalar TURSUNOV2Korroziya kuchli
sharoitlarda ishlaydigan
detallar: nasos vallari va
boshqalarni tiklash
Х18Н10Т
2200-3000
Issiqqa chidamli qilish
Detallarga elektroeroziya usulida ishlov berish jarayonlari.
Termik (issiqlik bilan) ishlov berish
a) detal yuzasini toblash, boʻshatish (texnologik jarayonning boshlanish,
oʻrta va yakuniy bosqichlarida qoʻllanishi mumkin).Termik ishlov berish xarakteri
konstruktiv va detalni ishlatishga qoʻyilgan talablardan kelib chiqib bajariladi.
b) kimyoviy-termik ishlov berish (azotlash, sementlash, nikellash,
alyuminiylash (azotirovaniye), sianlash. Ushbu usullar detal yuzasining qattiqligini,
oʻtga chidamliligini va yeyilishga chidamliligini oshirish maqsadida qoʻllaniladi.
Toblash- poʼlatni АS
3
nuqtadan +20...+30 gradus yuqoriroq qizdirish, shu
haroratda ushlab turish va suvda, moyda, emulьsida, tuzlar va ishqorlar eritmasida
sovutish operatsiyasi, diagrammadagi 2-chiziq. Maqsad – po‘latning mexanik
mustahkamligini oshirish, bo‘shatish bilan qo‘llaganda - yuqori ichki zo‘riqishlarni
bartaraf etish, korroziya-bardoshlilik va tarkibiy birjinslilikni taʼminlashdan iborat.
Bo‘shatish – oldindan toblangan po‘latni АS1 nuqtadan pastroq haroratda
qizdirish, shu haroratda ushlab turish va havoda sovutish, diagrammadagi 3 –chiziq.
Maqsad – toblashdagi barqaror bo‘lmagan martensit strukturani barqaror holatga
keltirish, ichki zoʼriqish-larni bartaraf etish va po‘latning fizik-mexanik xossalarini
yaxshilash.
Normallashtirish – po‘latni АS3 nuqtadan +30...+50 gradus yuqoriroq
qizdirish, shu haroratda ushlab turish va havoda sovutish operatsiyasi,
diagrammadagi – 4 chiziq. Maqsad-po‘latning tarkibiy bir jinsliligini taʼminlash,
kamlegirlangan po‘latlarni ishlov beruvchanligini yaxshilash va po‘lat tarkibini
bundan keyingi termik ishlov berishga tayyorlash. Payvandli birikmalarning
elastiklik xususiyatlarini yaxshilash va harorat zo‘riqishlarini kamaytirish uchun
qo‘llaniladi.
|
| |