• Mashina detallari xomakilariga (zagotovkalariga) mexanik usullarda ishlov berish
  • Usullarning umumiy tasnifi
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet102/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Tayanch soʻzlar va iboralar: 
    Mexanik ishlov berish; toza, yarim sidirib ishlov berish; pardozlash; yupqa
    ishlov berish; superfinish; mikrofinish; plastik deformatsiya. 
     
    Mashina detallari xomakilarini tayyorlashnng quyidagi turlari mavjud: 
    a) metallarni har xil quyish usullari bilan: yer-tuproqli shakllarga, metall 
    formalarga (kokil), markazdan qochirma (aylantirib), bosim ostida, eriydigan 
    modellar boʻyicha, qobiqli (poʻstloqli) formalarga quyish, vakuum bilan soʻrib olish 
    usulida (rangli metallarni quyishda); 
    b) metallarga bosim ostida ishlov berish (plastik deformatsiyalash, bolgʻalash, 
    shtampovkalash (sovuqlayin va issiqlayin), presslash bilan (siqib chiqarish bilan), 
    prokatlash va tortib chiqarish (kiryalash) bilan; 
    v) plastmassalarni quyish usuli bilan; 
    g) plastmassalarni shtampovkalash bilan; 
    Mashina detallari xomakilariga (zagotovkalariga) mexanik usullarda
    ishlov berish: 
     
    a) yoʻnib, qirindi olish – metall qatlamini tigʻli asboblar bilan qirqish va
    abraziv asboblar bilan jilvirlash usulida; 


    121 
    b) plastik deformatsiyalash usulida (qirindi olmasdan) – metallni zichlash, 
    roliklar bilan ustidan dumalatib zichlab bosish, tuynuklarni metall sharcha yoki 
    opravka bilan botirib, zichlash, riflangan yuza olish uchun ustidan bosish orqali; 
    v) metall detallarni sovuqlayin toʻgʻrilash usulida: 
    g) detal yuzalariga sochma-oqimli (poʻlat, choʻyan yoki danak siniqlarini 
    purkab, sochish bilan) usulda ishlov berish orqali yuzasini tozalash va zichlash; 
    d) plastmassalarni plastik deformatsiyalash usuli bilan. 
    Usullarning umumiy tasnifi. Detalning barcha geometrik va fizik- mexanik 
    xususiyatlarini talab darajasida taʼminlash uchun ishlov berishning turli usullaridan 
    foydalaniladi. Ularga oʻtkir (qirqish), abraziv (tirnovchi) asbob yordamida ishlov 
    berish, yuzaga plastik deformaiyalab, elektrofizik, elektroximik, issiqlik 
    energiyasidan foydalanib ishlov berish va boshqalar kiradi. 
    Detallarga ishlov berishda dastlabki ishlov berish bilan oxirida toza ishlov 
    berishga qadar boʻlgan bosqichlarda qoʻshimlar (pripusklar) bosqichma-bosqich 
    kamaytirib boriladi va oxirgi toza ishlov berishda hattoki yuzadan metall 
    qoplamasini olish, yuzada boʻlgan gʻadir-budirliklarni tekislash hisobiga amalga 
    oshirilishi ham mumkin. Zagotovkaga ishlov berish quyidagicha ketma-ketlikda 
    boʻlish kerak: yuzani sidirish, qora ishlov berish, yarim toza, toza, yupqa ishlov
    berish va pardozlash. 
    Sidirish (obdirka) 16-17 kvalitetda olingan yirik quyma va yasama 
    zagatovkalarga ishlov berishda qoʻllaniladi. Bu ishlov berish qoʻpol 
    zagotovkalarning yuzalari shakli va oʻzaro joylashishda boʻladigan xatoliklarni 
    kamaytiradi, oʻlcham aniqligini 15-16 kvalitetga, yuza gʻadir- budirligini Ra 100ga 
    yetkazadi. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish