Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/188
Sana30.11.2023
Hajmi8,15 Mb.
#108303
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   188
Bog'liq
Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

100
=0,37 boʻladi. Demak, bunday mashina ishga yaroqsiz 


118 
hisoblanadi. Umuman aytganda, barcha detallar uchun zarur boʻlgan eng asosiy omil 
mustahkamlikdir, chunki mustahkam boʻlmagan detallar butunlay ishlay olmaydi. 
Detallarning ishlash layoqati, yaʼni mustahkamlik hamda bikrligining 
taʼminlanganligi hisobiy kuchlanish qiymati orqali belgilanadi.
Hisobiy kuchlanish qiymati joiz kuchlanish qiymati bilan taqqoslanadi, yaʼni 
σ
max
< |σ|;
yoki
τ
max
< |τ|; yoki ehtiyotlik koeffitsiyentining qiymati S≥|S| boʻlishi 
kerak. 
9.1. Vallar va oʻqlarga qoʻyiladigan texnologik talablar. 
1.Yetarli darajadagi bikrlik. 
Val uzunligini uning diametriga nisbati 10-12dan oshmasa ushbu 
valning konstruksiyasi bikr hisoblanadi. Ushbu nisbat bundan katta boʻlsa 
bunday valga tokarlik ishlovini berish uchun qoʻshimcha tayanch – lyunetlarni
qoʻllash talab etiladi. 
2.Oʻzgarmas texnologik bazalar – markaziy chuqurchalar hosil qilish. 
Ushbu chuqurchalar yordamida valn va oʻqni dastgohga oʻrnatish va 
pogʻonasimon yuzalarga ishlov berish aniqligi oshiriladi. Markaziy 
chuqurchalarning shakli va oʻlchamlari GOST 14034-74ga muvofiq boʻlishi 
lozim.
3.Jilvirlash toshini valdan va oʻqdan chiqishini osonlashtirish uchun 
standart ariqchalar hosil qilish talab etiladi. Ushbu ariqchalarning shakli va 
oʻlchami GOST 8820-69ga mos boʻlishi lozim. Ariqcha ochadigan 
keskichlarning tip-oʻlchamlarini kamaytirish maqsadida ushbu ariqchalarni 
iloji boricha bir xilda tayyorlash lozim. 
4.Val yoki oʻqning pogʻonalari diametrlari bir-biriga yaqin boʻlishi, 
kattalashib yoki kichiklashib boradigan boʻlishi. Pogʻonalar iloji boricha 
simmetrik boʻlishi va koʻp keskichli asbob bilan bir vaqtning oʻzida ishlov 
berish uchun ularning uzunligi bir xilda boʻlishi lozim. 
Pogʻonalarning diametrlari orasidagi farq katta boʻlasa – qirqish hajmini 
kamaytirish va metall sarfini kamaytirish maqsadida maxsus keskichli
kallaklarni qoʻllash lozim. 
5.Silliq va uzun val va oʻqlarda pogʻona oʻrniga zarur hollarda tirgak 
botiqliklar yoki burtlar oʻrniga kengayuvchan prujinali halqalarni qoʻllash 
lozim. Ushbu holda burt ariqcha bilan almashtiriladi. 
6. Uzun va bikr boʻlmagan vallar va oʻqlarning chetida tashish, koʻtarish 
va termik ishlov berishni osonlashtirish va osilgan holda saqlash uchun
rezbali tuynuk qoldirish lozim. 
7. Yirik vallar va oʻqlarni ichi boʻsh shaklda tayyorlash lozim. 
8.Val va oʻqning boʻylama oʻlchamlarini oqilona belgilash dastgohni 
sozlashni osonlashtiradi va ishlov berish sermehnatligini kamaytiradi. 


119 
9.Pogʻonalar orasidagi dumaloqlash radiuslari kesvchi asbobning 
chidamliligini oshiradi. 
10. Ichki va tashqi rezbalarning chiqish shakli va oʻlchamlari GOST 
10549-80ga mos kelishi lozim. 
11. Jilvirlanadigan yuzalar toʻxtovsiz boʻlishi lozim. Ushbu chora 
ishlov berish aniqligini oshirish imkoniyatini beradi. 
12.Pogʻonalar qirrasida faskalar qoldirish – jilvirlashda ushbu 
qirralarning uvalanishini oldini oladi. 
13. Valning va oʻqning pogʻonalari va faskasi orasidagi konusaviy oʻtish 
joylarini shakllantirish - plandagi bosh burchagi 30,45,60 va 90 gradusli
tokarlik kesib oʻtuvchi keskichlar bilan ishlov berishni hisobga olgan holda
bajarilishi lozim. 
14.Valning va oʻqning chetlarida dumaloq halqachalar hosil qilmaslik
lozim, sababi ularga ishlov berish qiyin boʻladi. 
15.Bitta shakldan boshqasiga oʻtish yuzalarini faskalar bilan 
almashtirish lozim. 
16. Valning va oʻqning har xil pogʻonalarida bir nechta shponka 
ariqchalar hosil qilish zarurati boʻlsa ularni bir xil kenglikda va bitta chiziqda
joylashtirish lozim. 
17.Shponka ariqchalarining chuqurligi va kengligi standart shponka
frezalari oʻlchamlariga mos boʻlishi lozim. 
18.Diskli freza bilan ochiladigan ariqcha barmoqsimon freza bilan
ochiladigan ariqchaga nisbatan maqsadga muvofiqroq hisoblanadi. 

Download 8,15 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   188




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish