• Yogʻoch p a y r a x a l a r i d a n yasalgan p l i t a ( D S P )
  • Yogʻoch t o l a l i p l i t a l a r ( D V P )
  • Tilingan fanerlar
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet86/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    P r e s s l a n g a n yogʻoch 
    suv bugʻlarida oldindan +100...+105°S 
    haroratgacha bugʻlangan yoki issiq gazlar bilan qizdirilgan brusok va taxtalarni 
    metall qoliplarda 
    presslash 
    yoʻli 
    bilan 
    olinadi. Hosil boʻlgan 
    yogʻoch 
    shaklini qotirib quyish uchun uni bosim ostida +100...+120°S haroratgacha 5-8% 
    namlik hosil boʻlguncha qizdiriladi. Zarbiy yuklanishlar ostida ishlaydigan mashina 
    detallarini (kulachoklar, vtulkalar, podshipniklar va hokazolar tayyorlashda 
    presslangan yogʻoch rangli metallar, plastmassalar) oʻrnini bosa oladi. 
    Yogʻoch
    p a y r a x a l a r i d a n  yasalgan
    p l i t a ( D S P )  yogʻoch 
    payraxalarini bogʻlovchi modda bilan birga issiqlayin presslash yoʻli bilan olinadi. 
    Bir qatlamli, uch qatlamli va faner yoki qogʻoz bilan qoplangan plitalar ishlab 
    chiqariladi. 
    Bunday 
    plitalar 
    qurilishda, 
    mebel 
    ishlab 
    chiqarishda qoʻllaniladi. Yogʻoch t o l a l i p l i t a l a r ( D V P )  maydalangan yo-
    gʻochga bogʻlovchi moddalar qoʻshib tayyorlanadi. Harorat va bosim ostida 
    yogʻoch tolalari bir-biriga presslanadi va hamma yoʻnalishlari boʻyicha 
    mustahkamligi 
    bir 
    xil 
    boʻlgan 
    materialga 
    aylanadi. Yogʻoch tolali 
    plitalar qurilishda, avtobus hamda vagon ichlarini bezashda va hokazolarda 
    ishlatiladi. 
    Tilingan fanerlar—burang ѐki yashma bugʻlash natijasida moʻrt boʻlib 
    qoladigan baʼzi ѐgʻoch gʻoʻlalarini tilish yoʻli bilan hosil qilinadi. Yoʻgʻon 
    gʻoʻlalarni radial yoʻnalish boʻyicha tilish yoʻli bilan olinadigan fanerlar boshqa 
    yoʻnalish boʻyicha tilib olingan fanerlarga qaraganda yuqori baholanadi. Chunki 
    radial yoʻnalish boʻyicha tilingan fanerlarda oʻzak nurlari juda chiroyli tekstura hosil 
    qiladi. Bu holda, fanerlar qimmatbaho mebellar tayѐrlash va qoplash maqsadida 
    ishlatiladi. Tilingan fanerlarning qalinligi 0,8—2 mm gacha boʻladi. Fanerning 
    namlik darajasi 10 % bulishiga ruxsat etiladi. Yoʻnilgan fanerlar (shpon) lar esa 
    yoʻnuvchi stanoklarda tayѐrlanadi. Yoʻnilgan fanerning qalinligi 0,3 : 3,5 mm gacha, 
    eni esa gʻoʻlaniig tegishli uzunligiga teng buladi. Butun gʻoʻlani yoʻnish vaqtida 
    spiralsimon shpon chiqariladi. Shu yoʻl (usul) bilan zarang, kareliya oq qayinidan 
    “qush koʻzi” deb ataluvchi chiroyli gulli shpon olinadi. Yelimlangan fanerlar 
    yoʻnilgan shponlarni bir-biriga yelimlash yoʻli bilan tayѐrlanadi. Bundan faner 3—
    15 tagacha boʻlgan toq sondagi shpon varaqalaridan tayѐrlanadi. Yelimlangan 
    fanerlar besh xil oʻlchamda tayѐrlanadi: 1830X1220; 1525X1525; 1525X1220; 


    101 
    1525X750 va 1220X725 mm; ularning qalinligi 1,5; 2; 2,5; 3; 4; 5; 6; 9; 10; 12 mm 
    gacha boʻladi. Fanerlar kazeinli, albuminli yelimlar bilan va sintetik smolalar bilai 
    yelimlanadi. Yelimlangan fanerlar taxta materiallarga qaraganda bir qator 
    afzalliklarga ega: 
    1. Hamma yoʻnalishi boʻyicha puxtaligi bir xil.
    2.Taxta materialga nisbatan kam tob tashlaydi. Roʻy bergan tob tashlash yelimlash 
    yoʻli bilan oson bartaraf etiladi.
    3. Kam yoriladi. Yoriqlarning bir tomondan ikkinchi tomonga oʻtishi mutlaqo roʻy 
    bermaydi.
    4. Faner taxtalarining oʻlchami katta boʻlganligi uchun taxta materiallarni yigʻib, 
    yigʻma tayyorlash ishidan xoli qiladi, ishni qisqartirishga, soddalashtirishga yordam 
    beradi.
    5. Oson egiladi (xususan, buklangandan soʻng).
    6. Teshish uchun qulay va hokazo. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish