102
taʼminlash uchun xizmat qiladi.
Mahsulot, uning qismlari va detallari
oʻzaroalmashuvchan boʻlishi mumkin.
Toʻliq oʻzaroalmashuvchanlik deb, mahsulot, uning qismlarining yoki boshqa
narsalarning maʼlum koʻrsatkichlari va xususiyatlari boʻyicha shu singari boshqa
mahsulot nusxalari bilan qoʻshimcha mexnat sarflamasdan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro
almashish imkoniyatiga aytiladi.
Obyektning toʻliq oʻzaroalmashuvchanligini taʼminlash, uni ishlab chiqarish
va undan foydalanishda bir qancha yutuqlarga erishishga sharoit yaratadi:
- mahsulot detallari va boshqa qismlarini oʻzaro bogʻliq boʻlmagan sexlarda
ishlab chiqarib, mahsulotni yigʻishni boshqa bir sexda tashkil qilish mumkin boʻladi;
- mahsulotni taʼmirlash ishlari soddalashadi, chunki har qanday taʼmirlash
ishlari, ishdan chiqqan detalni zahiradan yangi yoki oldindan taʼmirlangan
detal
bilan qoʻshimcha ishlov bermasdan almashtirishdan iborat boʻladi.
Qisman yoki toʻliqmas oʻzaroalmashuvchanlik boʻlganida - mahsulot yoki
uning qismlari boshqa shu singari mahsulot nusxalari bilan almashtirilishi uchun
qoʻshimcha mehnat sarflab, uning xususiyatlarini moslashtirishni talab qiladi.
Mahsulotning
tashqi
oʻzaroalmashuvchanligi
deyilganda,
uning
ekspluatatsion koʻrsatkichlari va shuningdek tutashish yuzalarining oʻlchami, shakli
boʻyicha boʻladigan oʻzaroalmashuvchanlik tushuniladi.
Bu tushuncha yetarlicha
keng maʼnoga ega boʻlib, koʻpchilik detal, uzel va agregatlarga xosdir.
Ichki oʻzaroalmashuvchanlik mahsulotning maʼlum bir turi, mexanizm,
agregatga xos boʻlishi mumkin va ularga tegishli boʻlgan elementlarning aynan biror
bir nusxa(yoki guruxi) hajmida oʻzaroalmashuvchanligini taʼminlaydi. Masalan,
podshipniklarning aylanuvchi sharik yoki roliklari ichki oʻzaroalmashuvchanlikga
ega boʻladi. Shuni taʼkidlash kerakki, har qanday obyektni ham qarash darajasi
kengayib borishi bilan, uning faqat ichki oʻzaroalmashuvchanlikga ega ekanligini
isbotlash imkoniyatlari yaqqollasha boradi.
Odatda
Rossiya
maxsus
adabiyotlarida
metall
qirqish
sanoatida
oʻzaroalmashuvchanlik qoidalaridan foydalanish 1761-yil Tula va maʼlum vaqtdan
keyin Ijevsk qurol ishlab chiqarish zavodlarida qoʻllanilgan deb taʼkidlanadi. Aslida
esa oʻzaroalmashuvchanlik qonun-qoidalaridan foydalanish koʻp
ming yillik
oʻtmish tarixiga ega boʻlib, Misr piramidalari qurilishida, qadimgi Rimda suv
quvurlari yotqizilishida keng qoʻllanganligi maʼlum. Oʻzaro almashuvchanlikning
ishlab chiqarishdagi muhim ahamiyatini odamlar oʻsha qadim zamonlarda ham
anglab yetishgan.
Oʻzaroalmashuvchanlikni taʼminlashda hisobga olinishi zarur boʻlgan
koʻrsatkichlardan biri mahsulot va uning elementlarini
xarakterlovchi
parametrlarning oʻlchamlaridir. Har qanday fizik kattaliklar ularning oʻlchamlari
turlari va qiymatlari bilan aniqlanadi. Oʻlchamlar odatda nominal eng katta, eng
kichik ruxsat etilgan chegaraviy va haqiqiy miqdorlarga ega boʻladi.
Shuningdek, muhandis-texnolog qoʻyimlar va poʻtqazishlar yagona tizimi
jadvallaridan aniqlik koʻrsatkichlarni amalda tanlashni bilishi kerak.