• g r u n t o v k a
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Emal b o ’ y o q l a r  (yoki emallar) - loklarning pigment qoʻshilgan organik 
    eritkichlardagi eritmasidir. Emal pardalari ham loklarnikiga oʻxshash yaltiroq 
    boʻlib, issiqqa chidamli va korroziyaga chidamli qoplama hosil qiladi. Emal 
    buyoqlar loklarga nisbatan arzon. Bogʻlovchi moddaning turiga qarab emal 
    buyoqlarning quyidagi xillari boʻladi: moyli (moyli loklar asosidagi), gliftalli 
    (gliftalli loklar asosidagi), bo’yoqlar va nitroemallar (nitrotsellyulozali loklar 
    asosidagi). Nitroemallar tez quriydigan material boʻlib, sirtga surtilgandan bir necha 
    minut oʻtgach quriydi. Nitro qoplamalarning yengil alangalanuvchanligi, issiqqa 
    chidamliligi va ultrabinafsha nurlar taʼsiriga chidamliligi uncha yuqori emasligi 
    ularning kamchiligidir. 
    Soʻnggi vaqtlarda mashinasozlikda sintetik smolalar asosidagi lok-buyoq 
    materiallar-s i n t e t i k e m a l l a r  keng qoʻllanila boshlandi. Ular nitroemallarga 
    nisbatan qator afzalliklarga ega: manzarali sifatlari yuqori, elastik, ancha qattiq va 
    atmosfera taʼsiriga chidamli. 
    Lok-bo’yoq qatlamini hosil qilish jarayoni. U quyidagi operatsiyalardan 
    tashkil topadi: sirtni boʻyashga t a y y o r l a s h uni kirdan, moydan, zangdan 
    tozalash, gruntovkalash va shpaklyovkalashdan iborat. Sirt labomid, MS sintetik 
    yuvuvchi vositalarining suvdagi eritmasi yoki atseton va uayt-spirit kabi eritkichlar 
    bilan moysizlantiriladi. Sintetik yuvuvchi vositalarning suvdagi eritmalaridan 
    foydalanish ancha unumli va xavfsizdir. Bunday holda yuvish mashinalari bilan 
    detallarning sirtlarini moysizlantirish mumkin. 
    Lok-bo’yoq 
    qoplamasi 
    sirtga 
    mustahkam 
    ilashishi 
    uchun 
    sirtga 
    avval  g r u n t o v k a  qopl a n a d i . Gruntovkaning 
    tarkibi 
    va 
    xili 
    gruntovkalanadigan 
    sirt materiali va bo’yoq xiliga qarab tanlanadi. 
    Gruntovka qatlami boʻyash kamerasidagi bo’yoq purkagich bilan purkaladi. 
    Gruntovka termokameralarda +100...+110°S haroratda 0,5-1,5 soat 
    mobaynida yoki xona haroratida kamida 48 soat davomida quritiladi. 
    Gruntlangan sirtdagi notekislik, chuqur joylarni toʻldirish va, pardozlash 
    uchun ular s h p a k l y o v k a l a n a d i . Shpaklyovkalar pasta koʻrinishida boʻlib, 
    maxsus asbob-shpatel bilan surtiladi. Shpaklyovkalarning tarkibi ishlatiladigan 
    buyoqqa bogʻliq. Koʻpincha tarkibida maʼlum proporsiyada boʻr, alif va buyoqchilik 
    yelimi boʻlgan shpaklyovka ishlatiladi. Shpaklyovka qurigach, uning sirti pemza 
    bilan tekislanadi, qum qogʻoz bilan tozalanadi, suv bilan yuvib, quritiladi. 
    Sirtlarga maʼlum qalinlikda boʻyoq surtib boʻyaladi, soʻngra quritiladi. Buyoqlar 
    sirtga pnevmatik purkagichlar, havosiz purkaydigan qurilmalar yoki elektrostatik 
    maydonda boʻyash jihozi bilan purkaladi. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish