95
Lаklar - tabiiy yoki sintetik s m o l a larning turli eritkichlardagi eritmasidir.
Lok sirtga surtilgach, eritkich uchib ketadi va sirtda mustahkam parda hosil boʻladi.
Eritkich xiliga qarab spirtli va moyli loklar boʻladi. Birinchi
xil loklar smolaning
spirtdagi, ikkinchisi alifdagi eritmasidir. Loklarning buyoqlariga nisbatan afzalligi
shundan iboratki, lok surtilgan sirtlar yaltirab chiqadi, qurish jarayoni tezlashadi.
Sunʼiy smolalar asosida tayyorlangan
lok pardalari yuqori harorat, shuningdek
ishqor va kislotalar taʼsiriga chidaydi. Lokning himoya pardasi metallar sirtlariga
kuchsiz ilashishi (adgeziya kuchsiz) va moʻrtligi loklarning kamchiligi hisoblanadi.