• I z o p r e n l i
  • Polisulfidli r e z i n a l a r n i n g




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Polisulfidli r e z i n a l a r n i n g  mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi va 
    issiqqa chidamliligi uncha yuqori emas, lekin benzin va moy taʼsiriga chidamli, gaz 
    oʻtkazmaydi. Ulardan shlanglar, quvurlar, benzin, moy va benzol uchun qistirmalar 
    ishlab chiqariladi. 
    I z o p r e n l i r e z i n a l a r n i n g choʻzilish 
    va 
    ishqalanishdagi 
    mustahkamligi, elastikligi va sovuqda chidamliligi yuqori, issiqqa chidamliligi 
    cheklangan (+80...+100°S), oksidlanishi, benzin va moyda boʻkishi yuqori, 
    kimyoviy taʼsirlarga chidamliligi hamda gaz oʻtkazmasligi cheklangan, umumiy 
    ishlarda qoʻllaniladigan buyumlar ishlab chiqarish uchun yaroqli. 
    Rezinadan tasmalar, shlanglar, salniklar, manjetlar, qistirmalar, shinalar
    elektr jihozlarning detallari, aholi koʻplab ishlatadigan buyumlar va hokazolar
    ishlab chiqariladi. 
    Xom rezinada 25% dan ortiq vulkanizatsiyalovchi modda boʻlsa, 
    vulkanizatsiya qilingandan soʻng e b o n i t  (qattiq rezina) olinadi.
    Ebonitning kimyoviy barqarorligi yuqori, dielektrik xossalari yaxshi, oson 
    ishlov berish mumkin, lekin issiqqa chidamliligi past. Kuchsiz tok bilan ishlaydigan 
    apparatura detallarini ishlab chiqarishda, kimyo mashinasozligida ishlatiladi. 
    Ishlatilish sohasiga koʻra, rezina oddiy va maxsus turlarga boʻlinadi. Oddiy 
    maqsadlarda qoʻllaniladigan rezinalarga tabiiy kauchuk (NK) hamda SKB, SKS, 
    SKI sintetik kauchuklar kiradi. Bunday rezinalar yuqori mustahkamlik va 
    elastiklikka ega boʻlib, gaz va suvni oʻzidan oʻtkazmaydi.
    Bunday materiallardan kamarlar, qoʻlqoplar, transportyorlar lentasi, kabel 
    qobigʻi, dempfer vositalari va shunga oʻxshash boshqa buyumlar tayyorlanadi. 
    Ularning zichligi 910...920 kg/m3, mustahkamligi esa 15...34 M Pa dan oshmaydi, 
    nisbiy choʻzilishi 700% boʻlib, ishlash harorati —80° dan +130° gachadir. Maxsus 
    sharoitlarda ishlatiladigan rezinalarga nayrit, SKN , tiokol, SKT hamda issiqlik va 
    kimyoviy muhitga chidamli rezinalar (SKF ) kiradi. Lekin bu rezinalar —40°S dan 
    — 55°S harorat oraligʻida moʻrt boʻlib, benzin va benzol taʼsiriga kam chidamlidir. 
    Ularning xossalari 13808—79 GOST, 9.024—74 GOST hamda 64333—71 GOST 
    bilan belgilanadi.
    Rezinalarning zichligi 98...190 kg/m3ni tashkil qilishi, mustahkamligi esa 
    ishlash sharoitining haroratiga bogʻliq. Masalan, nayrit va SKN uchun (σ
    V

    mustahkamlik 20...26 MPaga, ishchi harorat esa +100...+130°S ga, hatto +170°S ga 
    teng.
    Mashinasozlikda ishlatiladigan rezinalar bir necha guruhga boʻlinadi: 
    germetiklar, tebranish va tovushni yutadigan, zarbiy kuchning taʼsirini 
    yumshatadigan, kuch uzatadigan, ishqalanish juftlari tayyorlanadigan, egiluvchan va 
    hokazo rezinalar. Rezinalarning fizik-mexanik xossalarini sinovi uchun hamda 
    namuna shakli va oʻlchamlarini belgilash uchun 269—66 GO ST mavjuddir. 


    93 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Polisulfidli r e z i n a l a r n i n g

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish