87
qatorda, ishlab chiqarish tannarxini va meqnat sarfini kamaytirishga katta yoʻl ochib
beradi, polimerlarning keng qoʻllanilishiga ularning qimmatbaho metall va yogʻoch
materiallarning oʻrnini bevosita almashtira olishi, koʻp hollarda ulardan ustun turishi
sabab boʻlmoqda.
Plastmassalar bir qancha qimmatli fizik-kimyoviy xossalarga ega:
1.Kimyoviy mustahkam (100 kg/sm 2 gacha) va yeyilishga chidamli.
2.Kichik solishtirma ogʻirlikka ega.
3. Detallga keyinchalik ishlov berilmasligi, kam mehnat talab qilishi. 4.Detalni
chiqindisiz olish mumkinligi.
5. Koʻp hollarda plastmassa tabiatda zahirasi koʻp xom ashyolar – tabiiy gazlardan
olinadi.
Plastmassalar asosan termoplast va termoreaktiv turlarga boʻlinadi.