78
alyuminiylar (AL2, AL4, AL9) yoki magniyli alyuminiylar (AL8, AL 13, AL22 va
boshqalar)
Quymabop alyuminiy qotishmalari AL harflari va raqamlar bilan
markalanadi. Raqam qotishmaning shartli nomerini koʻrsatadi.
Alyuminiy va
kremniy asosdagi qotishmalar
siluminlar deb ataladi. Siluminlarning mexanik va
quyilish xossalari yuqori: suyuq holatda
oquvchanligi yuqori, kirishuvchanligi
kichik, mustahkamligi yetarli darajada katta, plastikligi koniqarli. Alyuminiy va
magniy asosida tayyorlangan qotishmalarning solishtirma
mustahkamligi hamda
korroziyaga chidamliligi yuqori, kesib yaxshi ishlanadi.
Quymabop alyuminiy qotishmalarining xossalari quyish usuli ishlov berish
usuliga bogʻliq: qotayotgan quymani sovutish tezligi yoki uni tozalashdagi sovutish
tezligi katta ahamiyatga ega. Umuman sovutishni tezlatish mustahkamlik xossalarini
oshiradi. Shuning uchun ham kokilga (metalldan
yasalgan kolipga quyilgan
quymalarning mexanik xossalari qum-loyli qolipga quyilgan quymalarnikidan
yuqori boʻladi (10-jadval).