Kulrang choʻyanlarning mexanik xossalari




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/188
Sana30.11.2023
Hajmi8,15 Mb.
#108303
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   188
Bog'liq
Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

Kulrang choʻyanlarning mexanik xossalari. 
Kulrang choʻyanning choʻzilish va egilishdagi mexanik xossalari
Kulrang choʻyanni buralishdagi mexanik xossalari 


73 
Kulrang choʻyanni siqilishdagi mexanik xossalari 
Kulrang choʻyan mustahkamligi (σ
B
) va qattiqligi (HB)ni uning 
devorlari qalinligiga bogʻliqligi jadvali. 
 
 MAXSUS LEGIRLANGAN CHOʻYANLAR. 
Legirlovchi elementlar choʻyan strukturasi, yaʼni metall asos, grafit shakli va 
oʻlchamlariga taʼsir koʻrsatadi. Natijada choʻyanlar maxsus xossalarga ega boʻlishi 
mumkin. Legirlovchi elementlarni qoʻshish bilan ishqalanishga chidamli, 
korroziyabardosh, olovbardosh kuyindi hosil qilishga bardoshli legirlangan 
choʻyanlar olinadi (7769—82 GOST). Qumtuproq sharoitida ishlatiladigan 
ishqalanishga chidamli choʻyanlar nikel (3,5—5%) va xrom (0,8%), titan, mis, 
vanadiy, molibden kabi bir qancha qoʻshimcha elementlar bilan legirlanadi. Bunday 
materiallar ishqalanish juftlarida moysiz ishlay oladi. Bulardan, avtomobillarning 
tormoz barabani, harakatni ulash vositalari, silindr gilzasi kabi qismlar yasaladi. 
Xrom miqdori yuqori boʻlgan (CHX9N5, CHX16M2, CHX22, 4X28D2) 
choʻyanlardan qattiq materiallarni maydalaydigan uskuna vositalari, CHN4X2 
choʻyandan abraziv muhit sharoitida katta kuchlanish ostida ishlaydigan tegirmon 
uskunalari va vositalari tayyorlanadi Olovbardosh legirlangan choʻyanlardan 
(CHX2, CHXZ) metallurgiya sanoatida aglomerat mashinalarining kolosniklari
kimyoviy muhitda ishlaydigan korroziyabardosh uskunalari, quvurlari kabi qismlar 
tayyorlanadi Bunday choʻyanlar +600
O
S (CHX2) va +700
O
S (CHXZ) da ham 


74 
xossalarini yoʻqotmay ishlay oladi. Bundan ham yuqori temperaturalarda ishlay 
oladigan CHROXSH (+650°S), Ch107X2 (+750°S), CHX16 (+900°S), Ch10ZO 
(+1100°S) legirlangan choʻyanlar ham mavjud. Bunday choʻyanlardan metallurgiya 
sanoatida pech armaturalari, metallni yupqa joʻvalaydigan uskunalarning vositalari, 
shisha ishlab chiqarish sanoati uskunalari kabi uskunalar tayyorlanadi. Yuqori 
temperaturada mustahkamligi katta boʻlgan sharsimon grafitli CHNMSH, 
4N11G7X2Sh, Ch19XZSH choʻyanlar +500...+600°S temperaturada ishlay oladi. 
Ulardan dizel, kompressor uskunalari, gaz turbinalari qismlari tayyorlanadi. Kam 
legirlangan Ch1, CHNXT, CHNXMD, CHN28 kabi choʻyanlardan ishqoriy ham 
korrozion gaz va havo muhitida ishlaydigan mashinalarning qismlari tayyorlanadi 
(porshen halqasi, ichki yonuv dvigatellarining bloklari, dizel va kompressorlarning 
qismlari) Ayniqsa, kislotali va ishkoriy muhptda kremniy bilan legirlangan (CHS13, 
CHS15, CHS17) choʻyan yaxshi ishlaydi. Yuqori temperatura (+1100...+1150°S) 
dagi kislota, ishqor, tuz eritmalarda yoki agressiv gaz muhitlarida ogʻir yuk koʻtara 
oladigan mashina vositalari CHX28, CHX34 choʻyanlardan tayyorlanadi. 
Ishqalanish juftlarining materiali sifatida kulrang, yuqori mustahkam va 
bolgʻalanuvchan, legirlangan choʻyanlar keng qoʻllaniladi (Ch4S-1, A4S-2, A4V-1, 
A4V-2, A4K-1, A4K-2). 

Download 8,15 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   188




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish