• 6.2.CHO’YANLAR. Oʻta mustahkam choʻyanlar.
  • Marganets miqdori koʻp boʻlgan G13L




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Marganets miqdori koʻp boʻlgan G13L poʻlat tarkibida 1,2%S va 13% Mp 
    boʻladi. U temir yoʻl krestovinalari, gusenitsa zvenolari va hokazolar tayyorlashda 
    ishlatiladi. Bir fazali austenit strukturasiga ega boʻlganda bu poʻlatning yeyilishga 
    chidamliligi maksimal qiymatga yetadi. Bunga poʻlatni +1000...+1100°S haroratda 
    toblab va havoda sovutib erishiladi. Toblangan poʻlatning qattiqligi kam (NV 
    200), kuchli puxtalangandan soʻng uning qattiqligi NV 600 gacha oshadi. 
    6.2.CHO’YANLAR. Oʻta mustahkam choʻyanlar. 
     
    Temir-uglerod qotishmasi tarkibidagi uglerod miqdori 2,14% dan koʻp 
    boʻlgan qotishmalar shartli ravishda choʻyanlar deb ataladi. Choʻyanlar tarkibida 
    poʻlat tarkibiga qaraganda qoʻshimchalar (kremniy, marganes, fosfor, oltingugurt) 
    koʻp buladi. Shuning uchun choʻyan xossalari ana shu qoʻshimchalar miqdoriga 
    bogʻliq boʻladi. 
    Kulrang choʻyanlar keng tarqalgan va poʻlatlar qoʻllaniladigan konstruksion 
    material hisoblanib, ular arzon va quyilish xususiyatlari yuqori boʻlganligi uchun 
    statsionar va transport mashinalari korpus detallarida keng koʻlamda qoʻllaniladi. 
    Kulrang choʻyanlarni kamchiligi, bu mustaxkamligi oz, moʻrt. Hozirgi vaqtda 
    yuqori mustahkam choʻyanlar olinadi, yaʼni legirlangan (Mg,Mn,Cr va boshqa 
    elementlar bilan). Yuqori mustahkam choʻyanni kimyoviy tarkibi quyidagicha: 3,4 
    – 3,6% S; 2-2,2 % Si; 0,03-0,06 % Mg; 0,15-0,25 % Sr; 1,15-1,3 % Mn; 0,005 S va 
    0,12 % P. gacha. 
    Choʻyanlarga termik ishlov berish quyidagicha: 6-8 soat oraligʻida ushlab 
    turish bilan +950
    0
    C.da normallash va 30-60 
    0
    S/ min tezlikda sovutish. Sungra 8 soat 
    mobaynida +700-+720
    0
    .
    S da qizdirib boʻshatish va ochiq havoda sovutish. 
    Hozirgi davrda yuqori mustahkam choʻyanlardan ogʻir sharoitda ishlovchi 
    oʻta yuklangan detallar ham tayyorlanadi. Masalan, choʻyandan ishlangan tirsakli 
    vallar shtamplash usuli bilan tayyorlangan vallardan bir necha marta afzal. 
    Yuqori mustahkam choʻyanlar kulrang choʻyanlarga nisbatan quyish sifati 
    ancha past (kulrang choʻyanda choʻkish (usadka) 0,8-1,2 %, yuqori mustahkam 
    choʻyanda esa 1,3-1,8 %). Ammo yuqori mustahkam choʻyanlar quyma poʻlatlarga 
    nisbatan yaxshi quyiladi. 
    Kulrang choʻyanlarni markalash uchun 1412-85 GOST belgilangan. Bunday 
    choʻyanlar qattiqligi 143—255 NV atrofida boʻlib, mustaxkamligi esa tamgada 
    sonlar bilan koʻrsatiladi. Ferrit xamda ferrit-perlit asosidagi kulrang choʻyanlar 


    72 
    (SCH10, SCH15, SCH18) dan kam yuk koʻtaradigan mashina va uskuna vositalari, 
    qurilish konstruksiya elementlari tayyorlanadi. 
    Perlit asosidagi choʻyanlarning qattiqligi 240—270 NV atrofida boʻladi. 
    Bunday choʻyanlar avtomobilsozlikda, qishloq xoʻjaligi mashinalarining qismlari, 
    toʻqimachilik sanoati uskunalari, ishqalanish, zarb hamda oʻzgaruvchan kuch 
    taʼsirida ishlaydigan vositalarni tayyorlashda ishlatiladi. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish