MAXSUS KONSTRUKSION POʻLATLAR. Maxsus poʻlatlarga koʻp legirlangan (10% dan ortiq), korroziyabardosh,
olovbardosh, otashbardosh, yeyilishga chidamli kabi alohida xossalarga ega
boʻlgan poʻlatlar.
Korroziyaga chidamli poʻlatlar. Korroziyaga
chidamli
(yoki
zanglamaydigan) poʻlatlar deb, agressiv muhitlarda yuqori kimyoviy barqaror
boʻlgan poʻlatlarga aytiladi. Korroziyaga chidamli poʻlatlar kam yoki oʻrtacha
uglerodli poʻlatlarni xrom, nikel, titan, alyuminiy, marganes bilan legirlab olinadn.
Korroziyaga qarshi xossalar poʻlatga koʻp miqdorda xrom yoki xrom va nikel
qoʻshib hosil qilinadi. Xromli va xrom-nikelli poʻlatlar keng tarqalgan.
X r o m l i p o ʻ l a t l a r arzon turadi, lekin xrom-nikelli poʻlatlarning
korroziyabardoshligi yuqori. Zanglamayligan poʻlatda xrom miqdori kamida 12%
(7-jadval) shi kerak. Xrom miqdori koʻrsatilgandan kam boʻlganda korroziyaga
qarshilik koʻrsatadi, chunki uning elektrod potensiali manfiy boʻlib qoladi.
Poʻlatlarning korroziyaga chidamliligi kerakli termik va mexanik ishlov
berishlardan keyin ortadi. Masalan, 12X13 poʻlatining korroziyabardoshligi moyda
(+1000...+1100°S) toblanib, boʻshatilgach (+700...+750°S) va jilolangach
yaxshilanadi. Bu poʻlat kuchsiz agressiv muhitlar (suv, bugʻ)ga chidamli. 40X13
poʻlati +1000...1050°S haroratli moyda toblanib, +180...+200°S da boʻshatilib, sirti
silliqlangach ishlatiladi. Termik ishlov berilgandan keyin bu poʻlatning qattiqligi
ortadi (NKS 52—55).
12X17 poʻlati yana-da korroziyabardoshroq (kislotali muhitlarda ham).
Payvandli konstruksiyalar uchun bu poʻlat tavsiya etilmaydi, chunki payvandlash
vaqtida
poʻlat
+900...+950°S dan
yuqoriroq
qizdirilib,
tez
sovutilganda (payvandlashda) uning sirtidagi zarralarda xrom kamayadi (12%
dankam). Bu zarralar chegarasida xrom karbidi ajralib chiqishi bilan tushuntiriladi.
Natijada kristallararo korroziya yuzaga keladi.
Kristallararo korroziya metallarning austenit zarralari chegarasi boʻylab
korrozion yemirilishning alohida, juda xavfli koʻrinishidir. Austenit zarralari
chegara uchastkalarida xrom kamayishi hisobiga elektroximiyaviy potensial
kamayganda va korroziyalovchi muhit mavjud boʻlganda zarralar chegarasi anodga
aylanib qoladi.
68
Bu turdagi korroziya oldini olish uchun titan bilan legirlangan 08X17T poʻlati
ishlatiladi. 08X17T poʻlati qanday maqsadlarda ishlatilsa, 12X17 poʻlati ham
shunday maqsadlarda, shuningdek payvand konstruksiyalarda ham ishlatiladi.