|
Koʻp l e g i r l a n g a n a s b o b s o z l i k p o ʻ l a t l a r iBog'liq Mash texdan maruzalar TURSUNOV2Koʻp l e g i r l a n g a n a s b o b s o z l i k p o ʻ l a t l a r i tarkibida
volfram, xrom va vanadiy miqdori koʻpboʻladi (asosiy legirlovchi elementning
18%ini tashkil qiladi); issiqbardoshligi yuqori (+600-+640°S). Ular mustahkamligi
yuqori boʻlgan poʻlatlar va qiyin ishlanadigan boshqa materiallarga ishlov berish
uchun moʻljallangan yuqori unum bilan ishlaydigan kesish asboblari tayyorlashda
foydalaniladi. Bunday poʻlatlar t e z k e s a r asbobsozlik poʻlatlari deb ataladi
(GOST 19265-73). Tezkesar poʻlatlar R harfi bilan belgilanadi, undan keyingi
raqam volfram miqdorini bildiradi.
Tezkesar poʻlatlar 20-asrning boshlarida ixtiro etilgan boʻlib, tarkibida
legirlovchi elementlarning (8,5—9 foizgacha W, 3,6—4,6 foiz Sg, 2—5 foiz V)
koʻpligi bilan legirlangan asbobsozlik poʻlatlaridan farq qiladi. Bunday poʻlatlardan
yasalgan keskich asboblar (parma, freza, protyajka) termik ishlangandan keyin
(+1240…+1300°S haroratda toblanib, +560//+580°S da bir necha marotaba
boʻshatilgach) qattiqligi NKS = 62 ch- 65 ga yetadi. Bu poʻlatlarning
olovbardoshligi +560…+600°S atrofida boʻlib, kesuvchanlik xususiyati boshqa
asbobsozlik poʻlatlarga nisbatan ancha yuqori, shuning uchun poʻlatlardan yasalgan
keskichlar 2—3 marotaba yuqori tezlik bilan ishlashi mumkin. R18 rusumli poʻlat
koʻpchilik vaqtlarda, ayniqsa, konstruksion poʻlatlarni kesish jarayonida R9
rusumliga nisbatan maʼlum afzalliklarga ega, yaʼni R18 rusumli poʻlat yaxshi
silliqlanadi, issiqlik taʼsirida kamroq qiziydi va h.k. R18F2 rusumli poʻlat yuqori
haroratga chidamli (625—630°S) boʻlib, R18 va R9 rusumlarga nisbatan yuqori
kesuvchanlik xossasiga ega. Bu poʻlatlardan qilingan keskichlar bilan yuqori
mustahkamligi (σ
V
=80 100 kg—mm2) boʻlgan poʻlatlar kesib ishlaniladi. Tarkibida
vanadiy elementlari boʻlgan tezkesar poʻlat (R9F5, R14F4) rusumlari esa titan
qotishmalarini va materiallarni tozalab yoʻnuvchi keskich asboblar tayyorlashda
qoʻllaniladi. Volfram molibdenli (R9M4, R6MZ) tezkesar poʻlatlarning
kesuvchanlik xossasi zagotovka ishlashda volframlarga nisbatan ancha yuqori
boʻlib, asosan frez, metchik, protyajka, parma, frezalar va rezba ochuvchi frezalar
tayyorlashda keng qoʻllaniladi. Tezkesar poʻlatlarning ayrim rusumlarining
kimyoviy tarkibi, foizlarda, quyidagi jadvalda keltirilgan:
|
| |