66
shda, toblan-
gan
po’lat-
larni yo’ni-
shda
T30K4
66
4
30
Kam yeyiladi,
lekin mo’rt
Po’latlarni
katta tezlikda
yupqa qalin-
lik
bilan
uzluksiz yup-
qa yo’nishda
O ʻ l c h o v a s b o b l a r i ni tayyorlashda kimyoviy tarkibi GOST 5950—73
da koʻrsatilgan X, XVG va boshqa poʻlatlar ishlatiladi. Oʻlchash asboblari (ayniqsa,
yuqori klass aniqligidagi asboblar) uchun toblangan asbob oʻlchovlarining
oʻzoq muddat davomida asta-sekin oʻzgarishi muhim ahamiyatga ega.
Bu ichki
kuchlanishlarning kamayishi va qayta taqsimlanishi bilan bogʻliq. Shuning uchun
oʻlchov asbobiga termik ishlov berishda kuchlanish holatini barqarorlashtirishga
katta ahamiyat beriladi. Bunga +120...+130°S temperaturada 15—20 soat davomida
past boʻshatish rejimi bilan hamda noldan past haroratlarda (-60°S gacha) ishlov
berish bilan erishiladi.
Yengil sharoitlarda ishlatiladigan kichik oʻlchamli (koʻndalang kesimi 25—
30mmli),
oddiy
shaklli
s o v u q l a y i n
d e f o r m a s i y a -
l a n g a n shtamplar U10, U11, U12 markali uglerodli poʻlatlardan tayyorlanadi.
Koʻndalang kesimi 75—100 mm li murakkab shaklli shtamplar hamda ancha ogʻir
sharoitlarda ishlaydigan shtamplar chuqurroq qiziydigan X, XVG markali
poʻlatlardan tayyorlanadi.
Qattiqligi,
yeyilishga
chidamliligi
yuqori, toblash
jarayonida
kam
deformatsiyalanadigan asboblar tayyorlashda chuqurroq qiziydigan, yeyilishga
chidamli poʻlatlardan, masalan, xrom miqdori koʻp boʻlgan poʻlat X12F1 (11 —
12,5% Sg, 0,7—0,9%V) dan foydalaniladi.
K a t t a z a r b i y y u k l a n i s h l a r tus h a d i g a n a s b o b l a r
(pnevmatik zubilo, metallni sovuqlayin kesuvchi qaychilarning kesuvchi pichoqlari)
ni tayyorlashda uglerod miqdori kam, qovushqoqligi katta boʻlgan 4XS,
6XS, 4XV2S kabi poʻlatlar ishlatiladi.
Q i z d i r i b d e f o r m a t s i y a l a n g a n b o l g ʻ a s h t a m p lari 5XNM
5XGM, 5XNV poʻlatlardan tayyorlanadi. Bu poʻlatlardagi uglerod miqdori bir xil
boʻlib (0,5—0,6%), xrom bilan legirlangan. Bunday
miqdordagi uglerod kerakli
darajada yuqori zarbiy qovushqoqlik olishga imkon beradi; xrom poʻlatning
mustahkamligini va qizish qalinligini oshiradi. Bu poʻlatlarga ularning
qovushqoqligini oshirish va qizishini yaxshilash maqsadida nikel qoʻshiladi.
Volfram va molibden poʻlatning qattiqligi hamda issiqbardoshligini oshiradi,
moʻrtligini kamaytiradi,
zarralarini maydaroq qiladi, poʻlatning oʻta qizishiga
moyilligini kamaytiradi. Marganes arzon legirlovchi element boʻlganligidan
nikel oʻrniga ishlatiladi.
67
Bolgʻa
shtamplari
yasashda
ishlatiladigan
poʻlatlar
ancha
chuqurroq qizishi bilan xarakterlidir. Masalan, 5XNM va 5XGM poʻlatlari 200—
300 mm chuqurlikkacha qiziydi.
ZX2V8F, 4X2V5MF va boshqa poʻlatlar ogʻir yuklanish tushadigan panda
shtamplar, qaynoq holda siqib chiqarish teshiklari, matritsa va puansonlar
tayyorlashda ishlatiladi. Shtamp poʻlatlarining baʼzi markalari bosim ostida quyish
uchun
press-qoliplar
tayyorlashda
ishlatiladi.
Bunday
poʻlatlarnnng
issiqbardoshligiga katta talab qoʻyilib, toblanish chuqurligiga kam ahamiyat
beriladi.