|
Xrom-n i k e l l i p o ʻ l a t l a rBog'liq Mash texdan maruzalar TURSUNOV2Xrom-n i k e l l i p o ʻ l a t l a r tarkibida xrom va nikel koʻp, uglerod esa
kam boʻlib, austenitli poʻlatlar klassiga kiradi. Austenitning bir fazali strukturasini
hosil kilish uchun poʻlat (masalan, 12X18N9) suvda 1100 1150°S temperaturada
toblanadi. Bunda poʻlatning mustahkamligi juda yuqori boʻlmasa ham,
korroziyabardoshligi juda yuqori boʻladi.
Mustahkamligini
oshirish
uchun
poʻlat
sovuqlayin
plastik
deformatsiyalanadi. U sovuqlayin choʻzilgan list va lenta koʻrinishida turli detallar
tayyorlashda ishlatiladi.
12X18N9 poʻlati qizdirilganda ferrit klassidagi xromli poʻlatga oʻxshash
kristallararo korroziyaga moyil. Kristallararo korroziya paydo boʻlishiga xuddi
yuqoridagidek, austenitdan xrom karbidi ajralib chiqishi tufayli sirtqi zonalardagi
zarralarda xrom kamayadi (12% kam boʻlib qoladi). Kristallararo korroziyaning
oldini olish uchun poʻlat titan bilan legirlanadi (masalan, 12X18N9T poʻlati) yoki
undagi uglerod miqdori kamaytiriladi (masalan, 04X18N10 poʻlati).
Austenit klassidagi xrom-nikelli zanglamaydigan poʻlatlar xromli poʻlatlarga
nisbatan korroziyaga bardoshliroq. Ular ximiya, neft, oziq-ovqat sanoatida,
avtomobilsozlikda, transport mashinasozligida, qurilishda keng ishlatiladi.
Qimmat turadigan nikelni tejash maqsadida, u qisman marganes bilan
almashtiriladi. Masalan, 12X18N9 poʻlati urniga 10X14G14NZ poʻlati tavsiya
etiladi. Austenit-martensitli poʻlat klassidagi 09X15N8Yu poʻlati ogʻir yuklanish
tushadigan
detallar
tayyorlashda
ishlatiladi.
Austenit-ferrit
klassidagi
08X21N6M2T poʻlati sirka kislotali sulfat hamda fosfat kislotasi kuchli agressiv
muhitlarda ishlaydigan detal va payvandlangan konstruksiyalar tayyorlashda
ishlatiladi.
7. Baʼzi zanglamaydigan poʻlatlarning kimyoviy tarkibi,%
Markasi
|
| |