77
Dyuralyuminiylar
D harfi bilan markalanadi, undan keyin turuvchi
raqam qotishmaning shartli nomerini bildiradi. Dyuralyuminiyga termik ishlov
berish
toblashdan, tabiiy yoki sunʼiy eskirtirishdan iborat. Toblash uchuy
qotishmalar+500°S gacha qizdiriladi va suvda sovutiladi.
Dyuralyuminiy xona temperaturasida 5-7 sutka davomida tabiiy eskirtiriladi.
Dyuralyuminiyni tabiiy eskirtirishda mustahkamligining oʻzgarishi 48-rasmda
koʻrsatilgan. Sunʼiy eskirtirish +150...+180°S haroratda, 2—4
soat davomida
bajariladi.
Mustahkamligi
bir
xil
boʻlgani
holda
tabiiy
eskirtilgan dyuralyuminiylarning plastikligi va korroziyaga chidamliligi sunʼiy
eskirtirilganlariga qaraganda yuqori. Toblashda alyuminiy qotishmalarini
qizdirishning oʻziga xos tomoni shundan iboratki, harorat +5°S aniqlikda saqlanishi,
oʻta qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va termik ishlov berishda yuqori samaraga
erishishdan iborat
.