57
Poʻlatning yuqori konstruktiv mustahkamligi undagi legirlovchi
elementlarning ratsional miqdori bilan taʼminlanadi.
Kerakli darajada
toblangandan soʻng ortiqcha legirlash (nikeldan tashqari) poʻlat
qovushqoqligining kamayishiga sabab boʻladi va uning moʻrt sinishini
yengillashtiradi.
X r o m konstruksion poʻlatning mexanik xossalariga yaxshi taʼsir
koʻrsatadi. U poʻlatga 2%
gacha miqdorda kiritiladi; u ferrit va sementitda
eriydi.