• Sifatli konstruksion uglerodli poʻlatlar
  • Maxsus vazifali uglerodli poʻlatlar.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet46/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    B guruhdagi poʻlatlar kimyoviy tarkibiga koʻra yetkazib beriladi va 
    ular termik ishlov beriladigan hamda qizdirilgan holatda bosim ostida ishlov 
    berib (shtamplab, bolgʻalab) tayyorlanadigan detallar uchun ishlatiladi. B 
    gruppadagi poʻlatlarning mexanik xossalari kafolatlanmaydi. 


    54 
    V guruhdagi poʻlatlar A guruhdagi poʻlatlar meʼyorlariga mos 
    keluvchi mexanik xossalariga koʻra hamda B gruppadagi poʻlatlar 
    meʼyorlariga mos keluvchi kimyoviy tarkibiga koʻra yetkazib beriladi. V 
    guruhdagi poʻlatlar asosan payvandlab tayyorlanadigan konstruksiyalarda 
    ishlatiladi. 
    Sifatli konstruksion uglerodli poʻlatlar (GOST 1050-74). Ular oddiy 
    sifatli poʻlatlardan tarkibida oltingugurt, fosfor va boshqa zararli aralashmalar 
    kamligi bilan, har bir markada uglerod miqdori tor chegarada boʻlib, 
    koʻp hollarda kremniy (S) va marganes (Mp) miqdori koʻp boʻlishi bilan farq 
    qiladi. 
    Poʻlat ikki xonali raqamlar bilan belgilanadi. Bu raqamlar uglerod 
    miqdorini protsentning yuzdan bir ulushini bildiradi. Bu poʻlatlar kimyoviy
    tarkibi va mexanik xossalari kafolatlangan holda yetkazib beriladi (3-jadval).
    Oksidsizlantirilish darajasiga koʻra poʻlat qaynaydigan (kp), chala 
    qaynaydigan (ps), qaynamaydigan (indeksi koʻrsatilmaydi) xillarga boʻlinadi. 
    Poʻlatlar markasidagi G harfi undagi marganes miqdori koʻp (1% gacha) 
    ekanligini bildiradi. 
    Sifatli uglerodli poʻlatlar prokatlangan, bolgʻalangan, kalibrlangan, 
    sirtiga alohida ishlov berilib, dumaloqlangan koʻrinishlarda yetkazib beriladi. 
    Maxsus vazifali uglerodli poʻlatlar. Bu guruhdagi poʻlatlarga (GOST 
    1414-75) 
    kesib 
    yaxshi 
    ishlov 
    beriladigan 
    poʻlatlar ( a v t o m a t p o ʻ l a t l a r i) kiradi. Ular asosan koʻplab ishlab 
    chiqariladigan detallar tayyorlash uchun moʻljallangan. Bunday poʻlatlarga 
    stanok-avtomatlarda ishlov berilganda kalta va mayda qirindilar hosil boʻladi, 
    kesish asbobining yeyilishi va sarfi kamayadi, yoʻnilgan yuza tekis va toza 
    chiqadi. 
    Tarkibida oltingugurt va fosfor koʻp boʻlgan avtomat poʻlatlarga yaxshi 
    ishlov berish mumkin. Poʻlatga selen, qoʻrgʻoshin, tellur kabi texnologik 
    qoʻshimchalar qoʻshilib, uning kesib ishlanishi yaxshilanadi. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish