• Ish joylarini tashkil qilish.
  • Ishlab chiqarishda yuz beradigan turli jarohatlanishlar




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Ishlab chiqarishda yuz beradigan turli jarohatlanishlar.
    Jarohatlanish (grekcha travma-yara) deb odam organizmiga ishlab chiqarish 
    omillarining xavfli taʼsiri natijasida, yaʼni baxtsiz hodisa tufayli organizm 
    toʻqimalarining jarohatlanishi va ishlash faoliyatini buzilishiga aytiladi.
    Ular beixtiyor (lat yeyish, kesib olish, sinish, chiqish va boshqa), kimyoviy 
    (kislota va ishqorlar taʼsirida kuyish), termik (odam organizmiga yuqori yoki past 
    harorat taʼsir etib, kuyish, yoki sovuq urishi), elektrdan kuyish, elektr toki taʼsiriga 
    tushib qolish va boshqalar. 
    – psixologik (qattiq hayajonlanish, qoʻrquv va boshqa) turlariga boʻlinadi.
    Jarohatlanish natijasida odam ish qobiliyatini vaqtinchalik yoki doimiy yoʻqotishga 


    48 
    olib kelishi mumkin. Bunda ishchi umumiy ish qobiliyatini yoki kasbiy ish 
    qobiliyatini yoxud ikkalasini ham yoʻqotishi mumkin;
    Koʻpgina mashinasozlik korxonalari tajribasidan maʼlumki, chilangarlik 
    ishlarida hali qoʻl mehnatining ulushi katta. Bu esa mahsulot sifatiga ham, mehnat 
    unumdorligiga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi. Chilangarlik ishlarini mexanizatsiyalash 
    — mashinasozlik sohasi xodimlari oldida turgan muhim na kechiktirib 
    boʻlmaydshan vazifalardan biri hisoblanadi. Bu ishlarni mexanizatsiyalash deganda 
    faqat mehnat jarayonlarini yengillashtirish va ularning mehnattalabligini 
    kamaytirish yoki sifatini oshirishga xizmat qiluvchi turli moslamalar va mexaniza- 
    iiyalashgan asboblar bilan taʼminlash orqali takomillashtirishnigina tushunilmasdan, 
    balki qoʻl mehnatini universal metall qirqish jihozlarida yoki maxsus stanoklarda 
    ishlov berish bilan almashtirish ham anglashiladi. Bu holda qoʻl mehnatidan faqat 
    maxsus stanoklarga, koʻpincha yarim avtomatlar va avtomatlarga xizmat 
    koʻrsatishda foydalaniladi. 
    Ish joylarini tashkil qilish. 
    Ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashda, jihozlarni joylashtirish rejasini 
    ishlab chiqishda va ish joylarini tashkil qilishda mehnatni ilmiy tashkil qilish va 
    texnik estetika asoslariga amal qilish zarurdir va ular ishlab chiqarish unumdorligini 
    oshishiga hamda ishchilarga qulay ish joyi yaratishga olib keladi. Mehnatni tashkil 
    qilishda dastgohning doimo toʻxtovsiz ishlashini taʼminlash uchun ish joylarini 
    oqilona ravishda tashkil qilish kerak. Buning uchun ishlov berish joyiga detalni, 
    zagotovkani, kesuvchi asbobni va moslamalarni oʻz vaqtida uzatilmasligini, 
    materiallar va asboblarning noqulay joylashishini hamda bevaqt taʼmirlashni, 
    ortiqcha harakatlarni, yurishlarni bartaraf etish kerak. 
    Ish joylarini tashkil qilish va xizmat koʻrsatish quyidagicha bajarilishi kerak.
    1. Materiallar, zagotovkalar, asboblar, moslamalar ish joyiga ish 
    boshlanishiga qadar uzatilishi kerak.
    2. Dastgohni sozlash yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda ish 
    boshlanguniga qadar bajariladi. Sozlashni maxsus sozlovchilar tomonidan 
    bajariladi. Yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishlarda esa dastgohchi 
    tomonidan bajariladi.
    3. Ishlash davomida asboblarni ish joyiga yetkazish, asboblarni almashtirish 
    va charxlash, ishni toʻxtatmaslik maqsadida, alohida ishchilar tomonidan bajariladi.
    4. Instruktaj ishchilar uchun ish boshlagunga qadar oʻtkaziladi.
    5. Ishlov berilgan detallar dastgohga xalaqit bermasligi uchun doimiy 
    ravishda, oʻz vaqtida olib ketilishi kerak.
    6. Detal oʻlchamlarini nazorat qilish ishchini ishdan qoldirmay, alohida 
    amalga oshirilishi kerak.
    7. Dastgohlarning texnik koʻrikdan oʻtkazish, tekshirish va taʼmirlash 
    oldindan koʻrsatilgan vaqt ichida amalga oshiriladi. Ish joyini ratsional 
    rejalashtirish, yaʼni ishchi, dastgoh, material, asboblar, zagotovka va moslamalarni 


    49 
    oʻzaro joylashtirish ishning mazmuni va ishni tashkil qilish shakliga bogʻliq, u 
    quyidagi shartlarni qoniqtirishi kerak:
    1. Ish jarayonida ishchi ortiqcha harakatlanmasligi kerak.
    2. Ish joyi tarkibiga kiruvchi barcha elementlarning oʻzaro noratsional 
    joylashuvi oqibatida ishchi charchamasligi va vaqtni behuda yoʻqotmasligi kerak.
    3. Ishlash vaqtida turli harakatlarni bajarishda ishchi noqulayliklarga duch 
    kelmasligi kerak.
    4. Ishchini ishdan qoldirmaslik uchun asboblar, chizmalar va instruktaj kartasi 
    ishchi qoʻli ostida boʻlishi kerak. 
    5. Barcha asboblar guruhlarga ajratilgan boʻlishi kerak, har bir asbobga 
    alohida joy boʻlishi kerak. 
    6. Detallarni dastgohdan dastgohga partiya bilan uzatishni tashkil etishda 
    dastgoh oldida detallarning vaqtinchalik turishi uchun yetarli maydon boʻlishi kerak.
    7. Ish joyining barcha elementlarining oʻzaro joylashuvi tegishli qurilmalar 
    yordamida ishchini ishlash davrida xavfsizligini taʼminlanishi kerak.
    8. Koʻp dastgohli xizmat koʻrsatishda bir vaqtning oʻzida xizmat 
    koʻrsatiluvchi dastgohlar shunday joylashtirilishi kerakki, bunda bir dastgohdan 
    ikkinchi dastgohga oʻtish uchun oz vaqt sarflanishini taʼminlash zarur.
    9. Rang, havo, issiqlik, tozalikka nisbatan qulay sanitar-texnik sharoit 
    taʼminlanishi kerak; ish joyidagi havo harorati +20
    o
    S boʻlishi, yoritilganlik yetarli 
    miqdorda boʻlishi, devorlar och moviy yoki och zangori rangda, jihozlar esa och 
    zangori yoki zangori rangda boʻlishi kerak. Barcha ranglar sanitariya meʼyorlari 
    asosida tanlanishi kerak. Ish joyini ratsional tashkil qilish mehnat unumdorligi va 
    mahsulot sifatining ortishiga va korxonada mehnat muhofazasi holatining 
    yaxshilanishiga olib keladi. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarishda yuz beradigan turli jarohatlanishlar

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish