46
2) 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal
atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan
foydalaniladigan;
3) koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma
yoʻllar, funikulyorlardan (togʻ temir yoʻllaridan) foydalaniladigan;
4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar
olinadigan;
5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek
yer osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari,
maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish obyektlari kiradi.
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek
qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega
boʻlgan
boshqa davlat
organlari
tomonidan
amalga
oshiriladi.