50
usullaridan foydalanishning hamda boshqa qator tadbirlarni amalga oshirish
mumkin.
Hozirgi zamon mashinasozligi mamlakatimizda
ishlab chiqarilayotgan
metallarning asosiy isteʼmolchisi hisoblanadi. Stanoksozlikda,
avtomobil va
aviatsiya sanoatida, elektronika va radiotexnikada metallardan juda koʻp mashina
va priborlar detallari tayyorlanadi.
Texnikada ishlatiladigan metallar asosan ikki gruppaga – qora va rangli
metallarga boʻlinadi. Qora metallarga temir va uning birikmalari (choʻyan, poʻlat,
ferroqotishmalar) kiradi. Qolgan metallar va ularning qotishmalari
rangli metallar
gruppasini tashkil qiladi.
Hozirga qadar asosiy mashinasozlik materiali hisoblangan temir va uning
qotishmalari metallar ichida alohida ahamiyat kasb etadi. Dunyo miqyosida ishlab
chiqariladigan metallarning 90% ini temir va uning qotishmalari tashkil qiladi. Bu
qora metallar muhim fizik va mexanik xossalarga ega boʻlganligi, shuningdek temir
rudalari tabiatga keng tarqalganligi, choʻyan va poʻlat ishlab chiqarish esa arzon va
murakkab emasligi bilan tushuntiriladi.
Qora
metallar bilan bir qatorda rangli metallar ham texnikada muhim