• Favqulloda hodisalaridan
  • Temir yoʻllardagi avariya va halokatlar.
  • Oldini olish tadbirlari
  • Metropoliten stansiyalarida
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

     
     
     
     
     
     
    5 – mavzu. Ishlab chiqarish xavfsizligi. 
     
    Xavfsizlik 
    turlari, 
    xavfsizlik 
    konsepsiyalari, 
    sanoat 
    xavfsizligini 
    rejalashtirish, baxtsiz hodisa sabablari, umumiy halokat manbalari. 
    Ishlab chiqarishdagi sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy 
    muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridagi avariyalar va noxush 
    hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir. 
    Sanoat ishlab chiqarishidagi xavfsizlik Oʻzbekiston Respublikasining 2006-
    yil 28-sentyabrdagi “XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OBYEKTLARINING 
    SANOAT XAVFSIZLIGI TOʻGʻRISIDAGI № OʻRQ —57 sonli Qonuni hamda 
    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “XAVFLI 
    ISHLAB 
    CHIQARISH 
    OBYEKTLARINING 
    SANOAT 
    XAVFSIZLIGI 
    TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA 
    OSHIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA”gi 
    2020-yil 
    19-maydagi 
    291-sonli 
    Qarori 
    bilan 
    tartibga 
    solinadi.
    Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya inshootlar va (yoki) xavfli 
    ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi,
    nazorat qilib boʻlmaydigan portlash va (yoki) atrof-muhitga xavfli moddalarning
    ajralib chiqishidir.
    Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi noxush hodisa xavfli ishlab chiqarish 
    obyektlarida qoʻllaniladigan texnika qurilmalarining ishdan chiqishi yoki 
    shikastlanishi, texnologiya jarayoni rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi 
    sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda koʻrsatilgan
    talablarning buzilishidir. 
    Favqulloda hodisalaridan biri, bu yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan 
    texnik vositalarning avariya holatlarga tushishi va unda kishilarni bevaqt haѐtdan 
    koʻz yumishlari odamzodni tashvishga solmasdan qoʻymaydi. Masalan, Nigeriya, 
    Rossiya, Eron, Germaniya, Ukraina, Keniya va boshqa mamlakatlarda sodir boʻlgan 


    44 
    aviahalokatlar minglab insonlar haѐtiga zomin boʻldi. Shulardan, 25-mayda Tayvan 
    poytaxti aeroportidan Gonkonga uchgan bortida 225 kishi boʻlgan “Boing-747” 
    samolѐtining halokatga uchrashi, ѐki 27-iyul kuni Ukrainaning Lvov shahri 
    chekkasida oʻtkazilgan aviashou vaqtida “Su-27” qiruvchi harbiy samolѐtning va 
    unda 69 kishining jarohat olishi hamda 76 kishini qurbon berilishi inson qalbini 
    larzaga solmasdan kuymaydi. 
    Maʼlumki, Respublikamizda mavjud boʻlgan gidrotexnik inshootlarda avariya 
    halokati yuz bergudek boʻlsa, aholi hududlarimizda maʼlum miqdorda xavf 
    tugʻdirishi mumkin. Shu sababli Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV 
    sessiyasida qabul qilingan qonunlardan yana biri “Gidrotexnika inshootlarining 
    xavfsizligi toʻgʻrisida” deb nomlanadi. Qonun 15 moddadan iborat. Ushbu 
    qonunning 
    maqsadi 
    gidrotexnika 
    inshootlarini 
    loyihalashtirish, 
    qurish, 
    foydalanishga topshirish, ularni rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash va 
    tugatishda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga 
    keladigan munosabatlarini tartibga solishdan iborat. Shu oʻrinda 2020-yil aprel oyi 
    oxirida yuz bergan Sirdaryo viloyatidagi suv omborining buzilishini eslab oʻtish 
    joiz. Suv omboridan suvning toshib chiqishi natijasida minglab odamlar uy-joysiz
    qoldi va ekinzorlar payhon boʻldi. 
    Transport, energetika va kommunal tizimlardagi falokatlar va halokatlar 
    oldini olish chora-tadbirlari quyidagicha amalga oshiriladi: a) Havo transporti 
    avariya va falokatlari, transport tizimidagi avariya va halokatlar. Koʻrinishi: 
    yoʻlovchi, ekipaj aʼzolarini halok boʻlishi, havo transportini portlashi, yer yuzidagi 
    bino va xalq xoʻjaligi obyektlarini buzilishi, turli darajadagi qutqaruv va tezkor 
    ishlarni olib borishga olib keladigan holat. Sabablar: havo transportini nosozligi; ob-
    havoni noqulayligi; dispetcherlar aybi bilan sodir boʻladi. Oldini olish tadbirlari: 
    rejaviy-profilaktik koʻrik va taʼmirlashni vaqtida oʻtkazilishi; boshqarish va aloqa 
    tizimlarini ish sifatini yaxshilash. Muhofazasi: aviatsiyadan avariyasiz foydalanish 
    va parvozlar xavfsizligi boʻyicha tadbirlar tashkil etish va amalga oshirish. 
    b) Temir yoʻllardagi avariya va halokatlar. Koʻrinishi: yongʻinlar, 
    portlashlar, vagonlarni yoʻnalish izidan chiqishi, aholi va yoʻlovchilarni halok 
    boʻlishi, sodir etilgan joylardagi aholi va hudularni zarar koʻrishi. Sababi: temir 
    yoʻllarning nosozligi, harakat tarkibining nosozligi, aloqa vositasini nosozligi, 
    dispetcherni ahamiyatsizligi. Oldini olish tadbirlari: rejaviy-profilaktika koʻrik va 
    taʼmirlash ishlarini oʻtkazish; boshqaruv va aloqa tizimlari ish sifatini oshirish; 
    dispetcherlik xizmati sifatini yaxshilash. v) avtotransport avariya va halokatlari. 
    Koʻrinishi: transportdagi fuqarolarni halok boʻlishi, portlash va yongʻinlarni 
    chiqishi. Sababi: transport harakat xavsizligiga rioya qilmaslik; tezlikni oshirish
    spirtli ichimliklarni ichib avtotransportni boshqarish; texnik nosoz transportni 
    boshqarish; yoʻllarni talab darajasiga emasligi. Oldini olish chora-tadbirlari: rejaviy 
    profilaktik koʻrik va texnik taʼmirlash ishlarini o’z vaqtida oʻtkazish, nosoz 
    transportdan foydalanmaslik, yoʻl harakat qoidalariga qat’iy rioya qilish va 
    boshqalar. Muhofazasi: DAN organiga yoʻl transport xavfsizligini taʼminlash 
    xizmatiga rahbarlik vazifasi yuklatiladi. 


    45 
    g) Metropoliten stansiyalarida ehtimol boʻlgan favqulodda vaziyatlar 
    koʻrinishi: metro vagonlarini turli sabablar bilan relsdan chiqishi sababli fuqarolarni
    shikastlanishi va nobud boʻlishi, portlash va yongʻinlar sodir etilishi mumkin. Oldini 
    olish chora-tadbirlari: rejaviy-profilaktik koʻrik va texnik taʼmirlash ishlarni o’z 
    vaqtida va sifatli oʻtkazilishi, nosoz transport vositalaridan foydalanmaslik, yoʻl 
    harakati qoidasiga qatiy rioya qilish va boshqalar. Muhofazasi: ushbu ob’yektlardagi 
    ishlarning olib borish ahvoli va xavfsizligi ustidan davlat nazoratiga rahbarlik qilish. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish