40
mahsulot doimiy boʻlib
uning tuzilishi, aniqlik va boshqa koʻrsatkichlari
oʻzgarmaydi, degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Texnika va texnologiyaning
rivojlanishi natijasida mahsulot sifati oʻzgaradi, bu oʻz
navbatida texnologik
jarayonga oʻzgartirishlar kiritishni talab etadi. Koʻrib chiqilgan ishlab chiqarish
sharoitlarining barchasi uchun oʻziga xos ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari
mavjud. Ishlab chiqarishni tashkil qilishda dastgohlarni joylashtirish tartibi alohida
ahamiyatga ega boʻladi. Bu oʻz
navbatida mahsulot turiga, ishlab chiqarish
jarayonining
murakkabligiga, mahsulot hajmiga va shu kabi omillarga bogʻliq
boʻladi.