34
Dolbyak yordamida tishli gʻildirakning ichki yuzasiga
shponka ariqchasini
ochish (qirqish) jarayoni.
Tokarlik-vintqirqish dastgohida detalni parmalash
jarayoni
Tokarlik dastgohida detal tashqi yuzasini yoʻnish jarayoni
Tokarlik dastgohida detalning tashqi yuzasiga rezba ochish (qirqish) jarayoni
35
Tokarlik dastgohida detalning ichki yuzasiga
rezba ochish jarayoni
Tokarlik dastgohida plashka yordamida detalga tashqi rezba ochish
Frezerlik dastgohida modulli freza yordamida gʻildirakka
qiya tish ochish
jarayoni
Tish qirqish dastgohida gʻildirakka chervyakli freza yordamida tish qirqish
jarayoni
36
Jilvirlash dastgohida roliklar chetini jilvirlash jarayoni
Lazer nuri yordamida poʻlat materialda
raqamlar kesish jarayoni
38
4.2. Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari. Ishlab chiqarishni tashkil
qilish shakllari.
Mashinasozlik texnologiyasi fanida ishlab chiqarishning ohirgi bosqichlari
hisoblangan tayyorlashning mexanik ishlov berish va mashinani yigʻish kabi
texnologik bilimlari majmuaviy oʻrganiladi.
Ishlab
chiqarish dasturiga, mahsulotni turiga va ishlab chiqarish jarayonini
amalga oshirish texnik-iqtisodiy shart-sharoitlariga qarab mashinasozlikda uch xil
ishlab chiqarish turi mavjud: donabay (yakka donalab); seriyali va yalpi (ommaviy)
ishla chiqarish. Har bir ishlab chiqarish turining texnologik
jarayonlari va ishlab
chiqarishni tashkil qilishining shakllari oʻziga xos xususiyatlariga ega.
Yuqoridagi tushunchalarni yana-da yaqqol ifodalash maqsadida ishlab
chiqarish dasturi bilan tanishib chiqamiz. Mashinasozlik
korxonasining ishlab
chiqarish dasturi tayyorlangan maxsulotning turi, xar-bir turdagi maxsulotning bir
yilda tayyorlanadigan miqdori, ehtiyot qismlarning turlari va miqdorlaridan iborat
boʻladi. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish dasturiga asosan har bir detalning bir
yilda tayyorlash dasturi yaratiladi:
N=ma + n , dona/yil, (1.1)
bu yerda: N—detalni bir yillik ishlab chiqarish dasturi;
a-bir yil davomida
tayyorlanadigan mahsulotlar soni; m - bitta mahsulotdagi detalning soni; n- ehtiyot
qismlar soni.
Ishlab chiqarish dasturiga mahsulotni umumiy koʻrinishidagi chizmalari,
alohida detallar va yigʻma birikmalarning chizmalari ilova qilinadi. Shuni inobatga
olish kerakki, bitta korxonaning yoki bir sexning oʻzida
turli xil ishlab chiqarish
sharoitlari mavjud boʻlishi mumkin. Masalan, bir xil detal koʻp miqdorda, ikkinchi
xil detal oz miqdorda tayyorlanishi mumkin.