39
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallar
partiyalab yoki seriyalab
tayyorlanadi. Bitta partiya (seriya) tarkibidagi detallar tuzilishining, oʻlchamlarining
va materialining bir xilligi bilan ajralib turadi.
Bir partiya yoki seriyadagi detallar birdaniga tayyorlab olinib, keyin
ikkinchisiga oʻtiladi. “Partiya” soʻzi detallarga taalluqli boʻlsa, “seriya” soʻzi esa
mashinalarga taalluqlidir. Partiyadagi detallar soni va seriyadagi mashinalar soni
turlicha boʻlishi mumkin.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida yil davomida tayyorlanadigan seriyadagi
mahsulot (detal) miqdoriga
qarab mayda kichik seriyali, oʻrta seriyali va koʻp
seriyali ishlab chiqarish boʻladi. Seriyali ishlab chiqarish sharoitida texnologik
jarayonning amallari differensiallashgan boʻladi yoki texnologik jarayon amallarga
boʻlib yuboriladi. Bu ishlab chiqarish sharoitida turli xil dastgohlar qoʻllaniladi:
universal, maxsus, maxsuslashgan, avtomatlashtirilgan, agregat va shu kabilar.
Dastgohlar tayyorlanayotgan mahsulotni turini oʻzgartirilganda ularni
tayyorlash imkoniyatiga qarab maxsuslashtiriladi. Universal dastgohlardan keng
foydalanilgan
holda maxsuslashtirilgan, maxsus moslamalar, standart kesuvchi
asboblar bilan bir qatorda maxsus kesuvchi asboblar xam qoʻllaniladi. Xuddi
shuningdek, bu ishlab chiqarish sharoitida chegaraviy kalibrlar, shablonlardan keng
foydalaniladi.
Barcha dastgohlar, moslamalar, kesuvchi va nazorat asboblari oʻz
tannarxini tez qoplay oladi, buning asosiy sababi tayyorlanayotgan mahsulot
miqdorining donabay ishlab chiqarishga nisbatan ancha koʻpligidir. Seriyali ishlab
chiqarish sharoiti keng tarqalgan boʻlib,
kompressorlar, presslar, dastgohlar,
toʻqimachilik mashinalari, yogʻochga
ishlov berish sanoati, oziq-ovqat va
oʻrmonchilik sanoati mashinalari, komunal xoʻjalik mashinalari tayyorlashda va shu
kabilarda qoʻllaniladi.