• Texnologik jarayonni ishlab chiqish
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Sozlash-rostlash stadiyasi – ishlab chiqarish jarayonidagi oxirgi 
    (tugallovchi) stadiya boʻlib, tayyor buyumning zaruriy texnik parametrarini hosil 
    qilish uchun bajariladi. Ushbu bosqichda mehnat predmeti boʻlib tayyor buyumlar 
    yoki ularning alohida yigʻuv birliklari, mehnat qurollari, universal nazorat-oʻlchash 
    apparaturasi va buyumni sinovdan oʻtkazish uchun maxsus stendlar hisoblanadilar. 
    Texnologik operatsiyalar asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarning
    tarkibiy qismi hisoblanadi. 
    Texnologik jarayonni ishlab chiqish (TJ) GOST 14.301-83 ga binoan
    quyidagilardan iborat: 
    TJ ni ishlab chiqish uchun dastlabki maʼlumotlarni tahlil qilish;
    guruhli yoki turkumli jarayonlarni tanlash yoki yakka tartibli texnologik jarayonga 
    oʻxshashini qidirish;
    dastlabki xomakini tanlash va uni tayyorlash usullarini tanlash;
    texnologik bazalarni tanlash;
    ishlov berishning texnologik marshrutini tuzish;
    texnologik operatsiyalarni ishlab chiqish; 
    operatsiyada 
    oʻtishning ketma-ketligini aniqlash va ishlab chiqish
    operatsiyalarning texnologik jihozlash vositalarini (TJV) tanlash;
    TJV ning kerakli sonini va turini aniqlash;
    yangi TJV ga buyurtma berish va shu bilan birga texnik vositalarni sinash va nazorat 
    qilish;
    mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish jarayonlari vositalarining elementlarini va 
    sex ichidagi transport vositalarini tanlash;
    ishlov berish rejimlarini ishlab chiqish va hisoblash;
    texnologik jarayonni meʼyorlash;
    texnika xavfsizligi talablarini belgilash;
    texnologik jarayonning iqtisodiy samaradorligini hisoblash;
    TJ ni rasmiylashtirish va shunga oʻxshash.
    Yuqorida keltirilgan TJ ning umumiy taʼrifini mashinasozlik ishlab chiqarish 
    sharoitiga nisbatan qaralsa, unda TJ ishlab chiqarish jarayonining qismi boʻlib, 
    ishlab chiqarish predmetining oʻlchamlarini, tashqi koʻrinishini, shaklini yoki ichki 
    xossalarini izchil ketma - ketlik bilan oʻzgarishini va ularni nazorat qilishni oʻz 
    ichiga oladi. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish