Birinchidan, oʻzgarmas siklga ega boʻlgan avtomatik liniyalar yangi
texnikani qoʻllashga toʻsiq boʻlib kelmoqda. Chunki ular faqat bir turli buyumlarni
ishlab chiqarish uchun moʻljallangan boʻlib, yangi buyumni ishlab chiqarishga
oʻtish uchun yangi liniya tashkil etishga toʻgʻri keladi. Bu esa, albatta, maqsadga
muvofiq emas.
Ikkinchidan, avtomatik liniyalarning bunyod etilib, ishlab chiqarishga joriy
etilishi uchun bir necha yil kutish kerak.
Uchinchidan, bunday avtomatik liniyalarning tannarxi ham juda yuqori.
Bikr avtomatik liniyalarga nisbatan oqimli — mexanizatsiyalashtirilgan
liniyalar egiluvchanligi bilan ajralib turadi. Chunki bunday liniyalar yetarli tarzda
universal avtomatlar va mexanizatsiyalashning boshqa universal vositalari bilan
jihozlangan boʻlib, yangi tur va oʻlchamdagi detalga ishlov berishga oʻtish qisqa
vaqt ichida, yaʼni bir oy, hatto bir hafta ichida amalga oshirilishi mumkin.
Qishloq xoʻjalik mashinasozligi tarmogʻida dastgohda ishlovchilarning
qoʻl mehnati 25 foizni tashkil etishini eʼtiborga olib, ular mehnatini
avtomatlashtirish qanday katta rezerv ekanligini tasavvur etish mumkin. Shunday
qilib, mashinasozlar oldida ikki yoʻnalishda boshqa xatolardan xoli boʻlgan ishlab
chiqarishni bunyod etishdek yuksak vazifa turibdi.
Bu muammoni hal etishning asosiy yoʻllaridan biri sanoat robotlari asosida
tuzilgan egiluvchan, yaʼni tez moslashadigan va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni joriy etish boʻlib hisoblanadi. Yaʼni, shunday texnikaviy tashkiliy
24
kompozitsiyalar ishlab chiqarilishi kerakki, ularning fazoviy tuzilmasini
oʻzgartirmay turib, xohlagan vaqtda yangi buyum ishlab chiqarishga oʻtilsin.
Amaliyot shu narsani koʻrsatmoqdaki, ishlab chiqarishni kompleks
avtomatlashtirishni, ayrim jarayon va operatsiyalarni avtomatlashtirishga qaraganda
iqtisodiy samarasi bir necha marta koʻp boʻlar ekan.