Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/188
Sana30.11.2023
Hajmi8,15 Mb.
#108303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Bog'liq
Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

Temir yoʻl mashinasozligi. 
 
Oʻtmishda sobiq sovetlar tuzumida Oʻzbekiston temir yoʻl transporti 
ehtiyojlari uchun yangi vagonlar va lokomotivlar asosan Rossiyadan keltirilgan 
boʻlib, korxonalarda temir yoʻl texnikasini taʼmirlash ishlari bajarilgan va ular
uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarilgan. 
Bugungi kunda “Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi” 
aksiyadorlik jamiyatida yangi yoʻlovchi tashuvchi vagonlarni yigʻish, “Quyuv-
mexanika zavodida” xopper, yarim vagon, sement tashuvchi vagon, usti yopiq vagon 
kabi yuk tashuvchi vagonlarni ishlab chiqarish, Andijon mexanika zavodida sisterna-
vagonlar, “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” unitar korxonasida hamda lokomotiv depolarida 
teplovoz va elektrovozlarni taʼmirlash ishlari yoʻlga qoʻyilgan.
Shuningdek, Buxoro temir yoʻl ustaxonasida temir yoʻlni taʼmirlash
mashinalari taʼmirlanmoqda. 
Ushbu soha respublikamiz iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega 
boʻlgan tarmoqdir. Faqat 2014-yilning oʻzida sohada 1488ta yuk tashuvchi vagonlar 
parkini modernizatsiyalash, 30 ta yangi yoʻlovchi tashuvchi vagonlar va 650ta yangi 
yuk tashuvchi vagonlarni qurish, 54ta lokomotivlarni modernizatsiya qilish va 11 
ta yangi elektrovozlar xarid qilish ishlari amalga oshirilgan. 2015-yilda 232 km.lik 
“Maroqand-Navoi-Buxoro” temir yo’l uchastkasini elektrlashtirish ishlarida 150 
mln dollar kapital mablagʻ o’zlashtirilgan. 



Oʻtgan 2012-2017-yillarda elektrlashtirilgan “Angren-Pop” yangi temir yoʻli 
qurilishiga 1,5 mlrd AQSH dollardan ortiq mablagʻ sarflangan. 
Toshkent shahridagi “Quyuv-mexanika zavodi” unitar korxonasi bazasida 
yangi yuk tashuvchi vagonlarni qurish va vagonlarni taʼmirlash uchun choʻyan va 
poʻlatdan yangi ehtiyot qismlarni quyish ishlari tashkil etilgan. Hozirgi kunlarda 
Toshkent mexanika zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish ishlari
olib borilmoqda. 
Oʻtgan 2011-2019-yillarda Xitoy va Rossiyadan jami 48 dona yangi 
elektrovozlar sotib olinib, foydalanishga topshirilgan. “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir”
korxonasida va Andijon lokomotiv deposida teplovozlarni modernizatsiya qilish
texnologiyasi oʻzlashtirilgan.Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash 
zavodida yangi yoʻlovchi tashuvchi vagonlarni yirik uzelli yigʻish ishlari yoʻlga
qoʻyilgan. Ispaniya davlatidan 4 dona “Talgo-250” rusumli o’ta tezurar 
elektropoyezdlar keltirilib, yo’lovchilar tashilmoqda. 

Download 8,15 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish