• Oʻlchash bazasiga misol
  • Bazalarning
  • Texnologik bazalarni tanlash.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet138/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Texnologik bazaga misol. 


    165 
    I, II, III – texnologik bazalar komplekti. 
    Oʻlchash bazasi deb, buyumning va oʻlchov vositasining nisbiy vaziyatini 
    aniqlash uchun ishlatiladigan bazaga aytiladi. Masalan, V-yuzaning A-yuzaga 
    nisbatan paralleligi. Oʻlchash bazalari detalning nazorat qilinadigan yuzalari bilan
    bevosita oʻlchovlar yoki maʼlum bir shartlar orqali bogʻlanadi.
    Oʻlchash bazasiga misol: A-oʻlchash bazasi. V-nazorat qilinayotgan
    yuza. 
    Detallarni dastgohlarga oʻrnatib ishlov berishda quyidagi yuzalar va bazalar
    mavjud: 
    a) ishlov berilayotgan yuza, bu yuzadan ishlov berish natijasida maʼlum 
    qatlamdagi metall olib tashlanadi;
    b) bazaviy yuzalar, bu yuzalar ishlov berish jarayonida detalning holatini 
    belgilaydi; 
    v) ishlov berishda taʼminlanadigan oʻlcham uchun oʻlchovboshi yuzasi; 
    g) mahkamlashda qisish kuchini qabul qiluvchi yuza; 
    d) ishlov berilmaydigan yuza;
    Baza vazifasini yuzalardagi chiziqlar, nuqtalar va ularning yigʻindisi bajarishi 
    mumkin. Bazalarning nimaga moʻljallanganligiga koʻra quyidagicha boʻlishi
    mumkin: 
    Texnologik bazalar oʻrnatish va oʻlchov bazalariga boʻlinadi. Oʻrnatish 
    bazasi deb detalning ishlov berish uchun dastgohga yoki kesuvchi asbobga nisbatan 
    oʻrnatishda foydalanilgan yuzaga aytiladi. Oʻrnatish bazasi sifatida ishlov berilgan 
    va ishlov berilmagan yuzalar qoʻllaniladi.
    Mexanik ishlov berilmagan yuza qora, ishlov berilgani esa toza baza deb yuritiladi. 
    Texnologik bazalarni tanlash. 
    Mexanik ishlov berish (yigʻish) uchun texnologik jarayonni loyihalashda 
    murakkab va prinsipial vazifalardan biri bu texnologik bazalarni tanlashdir. 
    Texnologik bazalarni toʻgʻri tanlash quyidagilarga taʼsir koʻrsatadi: oʻlchamlarni 
    olishda konstruktor belgilagan ularning haqiqiy aniqligiga; ishlov berilayotgan 
    sirtlarning oʻzaro joylashishiga; moslamalarning konstruksiyasi va ularning 
    murakkabligiga; kesish va oʻlchov asboblarining konstruksiyalari va ularning 


    166 
    murakkabligiga; ishlab chiqarishning unumdorligiga va hokazo. Shuning uchun 
    texnologik bazalarni tanlash, texnologik operatsiyaning ketma-ketligi va sirtlarga 
    ishlov berish turlari texnologik jarayonni loyihalash davrida eng avval koʻriladi. Shu 
    bilan birga texnologik bazani tayyorlashda dagʻal ishlov berish (yaʼni birinchi 
    texnologik operatsiya uchun texnologik baza) tanlanadi.

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish