|
Dastlabki ishlov berishda bazalarni tanlash Pdf ko'rish
|
bet | 139/188 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 8,15 Mb. | | #108303 |
Bog'liq Mash texdan maruzalar TURSUNOV2Dastlabki ishlov berishda bazalarni tanlash. Xomashyoni dastgohga yoki
moslamaga birinchi oʻrnatishda foydalaniladigan baza dastlabki texnologik baza
deb ataladi.
Dastlabki texnologik baza (texnologik jarayonning qolgan operatsiyalari ham)
kontakt yoki tekshirish bazasi boʻlishi mumkin, lekin ularning vazifasi turlichadir.
Dastlabki texnologik baza sifatida shunday sirtni tanlash kerakki, unga nisbatan
keyingi operatsiyalarda texnologik baza sifatida ishlatiladigan sirtlar birinchi
operatsiyada ishlov beriladigan boʻlishi lozim (yaʼni, dastlabki baza toza bazalarga
ishlov berishdagi bazadir). Detalning ishlov berilgan sirtlarining ishlov berilmagan
sirtlariga nisbatan oʻzaro toʻgʻri joylashishini taʼminlash uchun dastlabki texnologik
baza sifatida ishlov berilmaydigan sirtlarni qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
5-rasm. Podshipnik korpusiga ishlov berishda dastlabki (dagʻal) baza.
5-rasmda podshipnik korpusi tasvirlangan boʻlib, unda dastlabki texnologik
baza sifatida A sirt xizmat qiladi va unga ishlov berilmaydi.
Dastlabki baza boʻyicha detal oʻrnatilganda, V tekislik a oʻlcham boʻyicha
frezalanadi va A va B tekisliklarning paralelligi taʼminlanadi.
Podshipnik korpusiga keyingi ishlov berishda (S tekislikni v oʻlcham boʻyicha
frezalash, teshik ochish va boshqalar) texnologik baza sifatida V tekisligidan
foydalaniladi.
Shatun kallagi chetlarini frezalashda dastlabki texnologik bazalar sifatida
shatun sterjenining yon tekisliklaridan foydalaniladi. Bu tekisliklar boʻyicha
bazalash oʻzi markazlanadigan qisqichlarda bajariladi va bu bilan shatun kallagi
chetlaridan qoʻyimlarni bir tekisda olib tashlash taʼminlanadi. Shatun kallaklarini
yoʻnib kengaytirishda markazlashtirish uchun prizmaga mahkamlanadigan tashqi
kontur sirtlari dastlabki baza sifatida qoʻllaniladi. Dastlabki bazalar yordamida
ishlov berilgan shatun sirtlari, yaʼni kallak cheti va teshigi keyingi ishlov berishlarda
texnologik bazalar sifatida foydalaniladi.
|
| |