• Dastlabki ishlov berishda bazalarni tanlash.
  •  – mavzu. Bazalashtirish tamoyillari




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet134/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    12 – mavzu. Bazalashtirish tamoyillari. 
     
    Detallarni bazalashtirish, texnologik, yigʻuv va konstruktiv bazalar
    bazalarning muntazamlik tamoyillari, bazalarni birlashtirish, operatsiyalar oldinma-
    ketinligi, detallarni oʻrnatish usullari. 
    Tanlab olingan koordinatalar tizimiga nisbatan detalga talab qilinayotgan
    vaziyatni berish bazalash deyiladi. 
    Metall qirquvchi dastgohlarda koordinatalar tizimi uzatish yoʻnalishi bilan 
    aniqlanadi. Bazalash nazariyasidagi olti nuqta qoidasidan foydalanib, dastgohda 
    ishlov beriladigan xomashyoni moslama ichida bazalash qoidasini shakllantirish 
    mumkin. Xomashyolarga ishlov berishda ularning dastgohning koordinalar tizimi 
    bilan bogʻlanishi moslama yordamida amalga oshirilishini hisobga olib
    xomashyoni moslama ichida toʻliq bazalash uchun xomashyo yuzalariga nisbatan 
    maʼlum bir tartibda joylashgan oltita tayanch nuqtalari ega boʻlish zarur va yetarli
    hol hisoblanadi. Bu yerda “tayanch nuqta” tushunchasi “ideal bogʻlanish” 
    tushunchasini almashtiradi. Tayanch nuqta xomashyo bogʻlanishlaridan birini 
    belgilaydi va uni bitta erkinlik darajasidan mahrum qiladi. Tayanch nuqta bilan 
    moslamaning tegishli elementidagi kulachok, shtift va hokazolar mos kelishiga 
    qaramasdan, tayanch nuqta moslamaga emas, balki xomashyoga tegishli
    hisoblanadi. Xomashyoni moslama ichida toʻliq bazalash uchun bazalar komplekti 
    tanlab olinadi.


    160 
    Bazalash sxemasini tuzishda ushbu maqsadlar uchun tanlab olingan 
    yuzalarda GOST 21495-79ga muvofiq shartli belgilar bilan belgilanadigan, ruasmda 
    koʻrsatilgandek, tayanch nuqtalar joylashtiriladi. 
    Dastlabki ishlov berishda bazalarni tanlash. 
    Xomakini birinchi oʻrnatishda foydalaniladigan baza dastlabki texnologik 
    baza deb ataladi. Dastlabki texnologik baza (texnologik jarayonning qolgan 
    operatsiyalari ham) kontakt yoki tekshirish bazasi boʻlishi mumkin, lekin ularning 
    vazifasi turlicha boʻladi.

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish