Mashina uzelining texnologiyabopligini tahlil qilish




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/188
Sana30.11.2023
Hajmi8,15 Mb.
#108303
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   188
Bog'liq
Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

Mashina uzelining texnologiyabopligini tahlil qilish. 
 
 
Mashina uzeli konstruksiyasini yigʻish chizmasiga qarab, quyidagi
yoʻnalishlarda uzelning texnologiyabopligi oʻrganiladi: 
-yigʻuv operatsiyalarini bajarish va oʻrnatish qulay boʻlishligi uchun yaxshi bazaviy
detallarning mavjudligi
- uzel tarkibiga kiruvchi birliklarni bir vaqtning oʻzida yigʻish imkoniyati; 


158 
- takrorlanuvchi standart birliklarning mavjudligi; 
-turdosh ishlarning mavjudligi; 
- iloji boricha kamroq asboblar va moslamalardan foydalanish imkoniyati. 
Yigʻuv operatsiyalari differensiatsiya va konsentratsiya tamoyili asosida 
tuzilishi lozim. Operatsiyalar differensiatsiyasi oqimli yigʻishda qoʻllaniladi, 
konsentratsiya – qolgan barcha hollarda qoʻllaniladi. 
Operatsiyalar konsentratsiyada texnologik oʻtishlarni ketma-ket, parallel yoki 
aralash usulda bajarilishini nazarda tutish lozim. 
Texnologiyaboplikning qoʻshimcha baholash koʻrsatkichlari sifatida buyumni 
tayyorlash uchun ishlatiladigan material markasining unifikatsiya darajasini
aniqlikning oʻrtacha kvaliteti koeffitsiyenti, detallar yuzalarining gʻadir-budirligi 
parametrlarini., buyumni tayyorlashning avtomatlashtirilishi imkoniyatlarini qabul 
qilish mumkin. Konstruksiyaning texnologiyabopligi tushunchasi nisbiy tushuncha 
va uni ishlab chiqarishning seriyaliligi bilan bogʻlash lozim. 
Loyihachi mashinalarni loyihalashda umumiy va uzelli yigʻishning yuqori unumli 
texnologik jarayonlarini tuzish imkoniyatlarini hisobga olishi zarur. Mashinaning 
konstruksiyasi uni avvaldan toʻplangan uzellardan yigʻishga imkon berishi zarur. 
Ushbu imkoniyat bir necha uzellarni parallel yigʻish va mashinani jami yigʻish 
muddatini qisqartirishga qaratilgan boʻlishi lozim. Standart, meʼyorlashgan va 
unifikatsiyalashgan detallar va uzellardan foydalanishga intilish lozim, yuqori 
unumli mexanizatsiyalashgan asbob-uskunalarni detallarni yigʻish joylariga 
uzatilishini taʼminlash hamda ularni yuk koʻtarish qurilmalarining ushlagichlari 
bilan ushlashni taʼminlashi lozim. 

Download 8,15 Mb.
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   188




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mashina uzelining texnologiyabopligini tahlil qilish

Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish