155
zarur boʻladi. Ikkinchi konstruksiyaga faqat bitta – yoʻnish bilan ishlov berish lozim
boʻladi. Ikkinchi konstruksiyani tokarlik patroniga oʻrnatish ham qulay hisoblanadi.
b) ishlov beriladigan yuzalarning soni va uzunligi. Ishlov berish yuzalarining
soni va ularning kattaligi detalning xizmat qilish vazifasi bilan aniqlanadi.
Ushbu koʻrsatkichlar maʼlum bir qiymatga yetganidan soʻng ularning kattalashishi
detalning oʻz funksiyasini bajarishini sezilarli yaxshilamaydi va
detal tannarxining
qimmatlashuviga olib keladi. Masalan, detalning ishlov beriladigan yaxlit tayanch
yuzalarini tayanch turtib chiqqan joylar bilan
almashtirish texnologiyabop
hisoblanadi.
1-misol. Ikkita konstruksiya berilgan:
(1) hamda
(2).
Birinchi konstruksiyada ichki ishlov beriladigan yuzalar soni 3ta,
ikkinchi
konstruksiya – 2ta. Ikkinchi konstruksiya birinchisiga nisbatan texnologik jihatdan
qulayroq hisoblanadi, sababi: ishlov beriladigan yuzalar soni kamroq hamda yuzalar
faskalar bilan bir-biridan ajratilgan.
2-misol. Ikkita konstruksiya berilgan:
(1) hamda
(2).
Parmalanishi lozim boʻlgan 2-detal devoridagi ikki
tomonlama bobishkalarni bir
tomonlama bobishkalar (1-detal) bilan almashtirish lozim.
3-misol. Podshipniklarni valga oʻtqazish usullari berilgan:
(1-usul)
(2-usul)
(3-usul).
Detallarni taranglik bilan oʻtqazishni loyihalashda uzun birikmalardan
foydalanmaslik lozim. Poshipniklarni vallarga oʻtqazish
sxemalari orasidan eng
texnologiyabopi va qulayi - ajratuvchi vtulkali ikkinchi usul hisoblanadi.