157
Detalning har xil ishchi vazifasiga ega boʻlgan
yuzalari shakllari, aniqligi,
gʻadir-budirligi bilan bir-biridan farq qiladi, shu sababli ularga ishlov berish uchun
har xil sharoitlarni talab qiladi (ishlov berishni qiyinlashtiradi). Shu sababli har xil
vazifani bajaruvchi yuzalarni ariqcha yoki ichiga kirgan
joy bilan bir-biridan
ajratish lozim.
Misol. Ikkita konstruksiya berilgan:
(1)
hamda
(2)
Birinchi konstruksiyada silindrik yuzadan chap chetki yuzaga oʻtish joyi, abraziv
asbobning yeyilishi tufayli, dumaloqlanib qoladi. Buning oldini olish uchun ushbu
oʻtish joyiga ariqcha ochish lozim (2) konstruksiya.
Ikkinchi misol. Ikkita konstruksiya berilgan:
(1) hamda
(2).
1-vtulka tuynugidagi pazga dolbyak bilan ishlov berishda
detaldan qirindi ajralib
chiqishi va dolbyakni detal ichidan chiqarish uchun pazning oxirida radial tuynuk
yoki halqali chuqurcha qirqish lozim boʻladi (2-konstruksiyaga qarang).
ye) asbobni oson chiqishini taʼminlash. Yuzaga ishlov berishda asbob boshqa
yuzalarga tegib ketmasligi zarur.
Detalning konstruksiyasi,
asbobning ishchi
yurishi oxirida detal ichidan osonlik bilan chiqishini taʼminlashi uchun, masalan,
detal ichida yoki ustida ariqcha boʻlishi lozim.
Misol: Ikkita konstruksiya berilgan:
(1) hamda
(2).
Birinchi konstruksiya ikkinchisidan texnologik jihatdan qulayroq hisoblanadi.
Sababi, ikkinchi konstruksiyadagi silindrik yuzaga ishlov berishda asbob sharcha
yuzasiga tegib ketishi mumkin yoki sharchaga ishlov berishda asbob silindrik sirtga
tegib ketishi mumkin. Birinchi konstruksiyada yuzalar
ariqcha bilan bir-biridan
ajratilganligi uchun texnologik jihatdan qulayroq hisoblanadi.