154
3. Bazalash va mahkamlashning texnologiyabopligi.
a) Tayanch (bazaviy) yuzalarning mavjudligi. Xomakini maʼlum bir
erkinlik darajasidan (siljish, burilish) mahrum qilish
uchun uni moslama ichiga
oʻrnatishda, xomakida mos ravishda tegishli bazalar soni boʻlishi lozim.
Bazalarning yoʻqligi har safar yangi xomakini oʻrnatish paytida qoʻshimcha
tekshirishni va oʻlchashni talab qiladi. Bitta bazada turib detalga toʻliq ishlov
berishga imkon beradigan konstruksiya eng texnologiyabop hisoblanadi.
Bunda bazalar, xomakiga ishlov berishga imkon beradigan yetarli oʻlchamlarga
ega boʻlishi zarur.