178
ishlab chiqarish sharoitida moslamalardan foydalanish majburiy koʻrinishga ega.
Aks holda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishish mumkin emas. Bu
ishlab chiqarish sharoitlarida har-bir amalni bajarish
uchun alohida moslama
loyihalash taqozo etiladi. Maxsus moslamalarda detallarni bazalash uchun oʻrnatish
yuzalari nazarda tutiladi.
Donabay va mayda seriyali ishlab chiqarishlarda xomakilar parmalash
dastgohlariga mashina qisqichlarida qoʻl bilan mahkamlanadi. Oʻlchami 800 mmdan
katta boʻlgan detallarni bevosita stol ustiga yoki stanok tagligiga T-simon pazlarga
maxsus ushlagichlar yordamida oʻrnatiladi. Qirquvchi asbobni ishlov beriladigan
tuynukka nisbatan joylashuvi oldindan belgilab olingan nuqtalarga nisbatan dastgoh
shpindel babkasini siljitish hisobiga erishiladi.Seriyali
va ommaviy ishlab
chiqariladigan detallar dastgohlarga maxsus moslamalar – konduktorlar vositasida
oʻrnatiladi. Detallarni qisib ushlash mexanizatsiyalashgan pnevmatik yoki gidravlik
qisqichlar vositasida amalga oshiriladi.
Qirquvchi asbob moslama korpusi ichiga oʻrnatilgan maxsus konduktor
vtulkalarga joylashtiriladi. Tokarlik dastgohlarda ishlov beriladigan detallar uch
yoki toʻrt mushtumchali patronlar ichiga oʻrnatiladi.Korpusli va katta oʻlchamli
detallarni dastgohga oʻrnatishda maxsus yaratilgan planshaybalar ishlatiladi. Ushbu
planshaybalar uch mushtumchali patronlar kabi shpindelning
rezbali qismiga
mahkamlanadi. Yoʻnish dastgohlarida ariqchali yoki kombinatsiyalashgan katta
oʻlchamli tuynuklarga ishlov beriladi (80 mm.dan katta). Katta oʻlchamli detallar –
korpuslar, kronshteynlar, staninalar, tagliklarni maxsus moslamalarga oʻrnatiladi va
dastgohning stoliga mahkamlanadi. Ushbu detallarni dastgohning stoliga T-simon
pazlarga maxsus ushlagichlar bilan oʻrnatish mumkin.
Ishlov berish jarayonida
detallar dastgohlarda mashina qisqichlari yordamida qisib, ushlab turiladi.